chastota og‘ishi ( частота оғиши )

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Chastotaviy modulyatsiyada chastotaning o‘rtacha qiymatdan maksimal og‘ishi. Modulyatsiyalangan tebranish spektri chastota deviatsiyasi qiymatiga jiddiy bog‘liq bo‘ladi. (Частотавий модуляцияда частотанинг ўртача қийматдан максимал оғиши. Модуляцияланган тебраниш спектри частота девиацияси қийматига жиддий боғлиқ бўлади.)

chastota qayta sozlanadigan o‘ta yuqori chastota asbobi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Konstruksiyasida chiqish signali chastotasini boshqariluvchi tarzda o‘zgartirish imkoniyati ko‘zda tutiladigan, o‘ta yuqori chastota asbobi.

chastotalar bo‘yicha tarqoq qabul

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Chastota bo‘yicha tarqatishga mos tarzda bir nechta radiokanaldan foydalaniladigan tarqoq qabul qilish.

chastotalar diapazoni

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Ko‘rsatilgan yuqori va quyi chegaralar orasidagi chastotalar intervali.

chastotalar diapazoni demodulyatori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Modulyatsiyalangan tasvir signalidan tebranishni modulyatsiyalash signalini ajratish uchun xizmat qiladigan, tanlovchanlik egri chizig‘i, ko‘rib chi-qiladigan televizion tizim bilan moslashtirilgan chastotalar diapazoniga ega bo‘lgan ideal qabul-qilgich egri chizig‘ini o‘zida ifodalaydigan quril-ma

chastotalar diapazoni

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

1 Chastotalari uchun tebranishlar va to‘lqinlar solishtiriladigan xossalarga ega bo‘lgan uzluksiz chastota intervali. 2 Qurilma sozlanishi mumkin bo‘lgan chastota intervali.

chastotalar diapazoni

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Chastotaviy xarakteristikaning notekisligi belgilangan yo‘l qo‘yishlardan oshmaydigan chastotalar spektri. Televizorlarda foydalaniladigan radiokarnaylar uchun notekislikning 15 dB bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

chastotalar polosasi

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Ikki muayyan cheklovchi chastotalar o‘rtasida joylashgan chastotalarning uzluksiz to‘plami.

chastotalardan takroriy foydalaniladigan yo‘ldoshli tarmoq

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Yo‘ldosh, antennani qutblangan ajralishi vositasida yoki bir nechta antenna nurlari, yoki unisining ham bunisining ham yordami bilan aynan bitta chastotalar polosasidan bir necha marta foydalanadigan yo‘l-doshli tarmoq.

chastotalarni aralashtirgich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Kirishiga turli chastotalardagi ikki yoki undan ortiq signal berilganda, kombinatsiyalangan chastotalar spektri vujudga keladigan elektr zanjir.

chastotalarning himoya polosasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Chastotalarning, chastotalarning ikkita qo‘shni kanalini ajratadigan va o‘zaro xalaqitlardan himoya maydonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tor polosasi.

chastotalarning himoya polosasi

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Axborot uzatilmaydigan ikkita qo‘shni kanal o‘rtasidagi chastotaviy interval (tarqoqlik). Izoh − Eltuvchilar o‘rtasida chastotaviy tarqoqlikni kuchay-tirish o‘zaro xalaqitlar darajasini pasaytiradi va aloqa sifati-ni yaxshilaydi.

chastotalarning himoya polosasi (частоталарнинг ҳимоя полосаси)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Axborot uzatilmaydigan ikkita qo‘shni kanal o‘rtasidagi chastotaviy interval (tarqoqlik). Eltuv-chilar o‘rtasida chastotaviy tarqoqlikni kuchaytirish o‘zaro xalaqitlar darajasini pasaytiradi va aloqa sifatini yaxshilaydi. (Ахборот узатилмайдиган иккита қўшни канал ўртасидаги частотавий интервал (тарқоқлик). Элтувчилар ўртасида частотавий тарқоқликни кучайтириш ўзаро халақитлар даражасини пасайтиради ва алоқа сифатини яхшилайди.)

chastotani avtomatik sozlash (частотани автоматик созлаш)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Uzatkich chastotasining berilgan qiymatini ushlab turish yoki qabul qilgichni qabul qilinayotgan stansiya chastotasiga sozlashning avtomatik usuli. (Узаткич частотасининг берилган қийматини ушлаб туриш ёки қабул қилгични қабул қилинаётган станция частотасига созлашнинг автоматик усули.)

chastotani bo‘lish

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Tashqi ta’sir chastotasidan butun son marta kichik chastotali tebranishlarni davriy tashqi ta’sir bilan qo‘zg‘atish.

Показаны 20181-20200 из 33948