elektron hukumat

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

1. Davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxs-larga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi. 2. Aholi, davlat va biznes o‘zaro hamkorligining modeli. Uning kompleks yechimi axborot kommuni-katsiya texnologiyalari (AKT) qo‘llanilishiga, hujjat aylanishi avtomatlashtirilishiga, qatnashchilar o‘rta-sidagi o‘zaro hamkorlik optimallashtirilishiga asoslanadi. Elektron hukumat elektron iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi. «Elektron hukumat» tizimida uch tarkibiy qism ajratiladi. Davlat – fuqarolarga (G2C): Davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi, xizmatlartez olinishini, foydalanishning soddaligini, davlat xizmatlaridan oson foydalana olishlikni ta’minlaydigan o‘zaro hamkorlik. Ma’lumotnomalar olish, ruxsat beradigan gu-vohnomalarni rasmiylashtirish va berish, inson hayotidagi muhim voqealarni yuridik qayd etish shunday xizmatlardandir. «Davlat – fuqarolarga» o‘zaro hamkorlik tizimida barcha davlat xizmatlari kompleksini fuqarolarga Internet orqali, ko‘pincha hukumat portalini shakllantirish orqali taqdim etish belgilanadi. Bunday portal orqali fuqarolar qulay va mumkin bo‘lgan shaklda hukumat faoliyati to‘g‘ri-sidagi barcha ma’lumotni olishlari, hukumat struktu-ralarining ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlarining barcha ehtiyojlarini qondirishlari mumkin. Davlat – biznesga (G2B): Davlat organlari va biznes o‘rtasidagi, kelishuvlar jarayonlarining o‘tishini tez-lashtirish, qog‘oz hujjatlardan foydalanish zaruratini istisno qilish, shu tariqa, zarur axborotni to‘poash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirish imkonini beradigan o‘zaro hamkorlik. Pirovardida, davlat organ-lari tijorat tashkilotlari timsolidagi sheriklar bilan xizmatlar taqdim etishning integratsiyalashgan tizi-mini yaratish uchun o‘zlarining kanallarini taqdim etishlari mumkin. Texnologiyalardan yaxshi foydalanish, davlat xaridlarining ochiq va shaffof tizimi hisobiga, davlat organlarining xarajatlari kamayadi. Davlat – davlatga (G2G): Davlat organlari o‘rtasi-dagi, zamonaviy texnologiyalar yordamida davlat organlari o‘rtasidagi ichki va tashqi aloqalarni tako-millashtirish imkonini beradigan o‘zaro hamkorlik. Bu, xarajatlarni kamaytirish, xodimlarni mehnatga rag‘batini oshirgan va ishlab chiqarishda to‘xtab qolishlarni chetlab o‘tgan holda, ish samaradorligini oshirish, tajribadan o‘tgan va keng foydalaniladigan uslublar, vositalarni qo‘llagan holda, ichki biznes-jarayonlarning qayta tuzilishini olib borish imkonini beradi. Bu, barcha davlat organlarini birlashtira-digan, ichki hukumat tarmog‘idan tashkil topgan elektron hukumat butun ishining asosidir. Elektron hukumat barcha uch tarkibiy qismini yaratish va amalga oshirish chambarchas bog‘lan-gan. Davlat – fuqarolarga, Davlat – biznesga o‘zaro hamkorlik tizimini ishga tushirmasdan turib Davlat – davlatga tizimini amalga oshirish bir tomonlama samara beradi, vaqt hamda mablag‘lar noo‘rin sarflanishiga olib keladi, axborot tartibsizligini kelti-rib chiqaradi, Elektron hukumat g‘oyasini obro‘siz-lantiradi. Shuning uchun, Elektron hukumat barcha komponentlarini rivojlantirish va amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish, bosqichma-bosqich izchil ravishda amalga oshirish muhim hisoblanadi.

elektron hukumat yagona identifikatorlari

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar.

elektron kalitdagi statik yo‘qotishlar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Stabil holatda turgan yarimo‘tkazgichli asbob-dagi quvvat yo‘qotishlar.

elektron ko‘zgu

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektron mikroskopning, elektron dasta elektronlari tezliklarining o‘q tashkil etuvchilari yo‘nalishini teskari yo‘nalishga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan elektron-optik elementi.

elektron lampa

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ishlashi, vakuumda elektronlar oqimi zichligini elektrodlar yordamida shakllanadigan elektr maydon orqali boshqarishga asoslangan elektrovakuum asbob.

elektron mikroskop

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Obyekt tasviri elektron optika vositalari bilan elektron dastalar orqali shakllantiriladigan mik-roskop.

elektron mikroskopning elektron to‘pi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektron mikroskopda elektronlarni tezlashtirish uchun mo‘ljallangan emission tizim.

elektron mikroskopning kristall panjara bo‘yicha ajratish qobiliyati

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yuzalari elektron mikroskopda alohida tasvirlanadigan kristall panjaraning eng kichik yuzalararo masofasi.

elektron mikroskopning nuqtalar bo‘yicha ajratish qobiliyati

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Obyektning elektron mikroskopda alohida tasvirlanadigan ikkita mikrozarrachasi o‘rtasidagi eng kichik masofa.

elektron nurlanish indikatori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Impulsli radiolokator nurlantiradigan radiochas-totalarda signal olinishini ta’minlaydigan elektron-nurli indikator.

elektron nurlarni (dastalarni) birlashtirish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Berilgan yuzada bir qancha elektron nurlardan (dastalardan) tarqaladigan elektron dog‘larni jamlash.

elektron o‘lchov asbobiga qo‘shimcha jihozlar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektron o‘lchov asboblari bilan birga doimiy ishlaydigan yoki uning texnik imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan qurilma va asboblar, masalan, modulyator, attenyuator, yo‘naltirilgan tarmoqlagich, probnik, kabel.

elektron o‘zgartirgich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektr energiya parametrlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, bitta yoki bir nechta ventilli asbobni, shuningdek, zarur bo‘lganda, filtrlar va yordamchi qurilmalarni ichiga oladigan qurilma.

elektron o‘zgaruvchan tok rostlagichi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ham o‘zgaruvchan tokning boshqariladigan to‘g‘ri o‘zgartirgichi, shuningdek, elektron uz-gich sifatida ham ishlaydigan qurilma.

elektron pochta

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Xabarlar va ularga elektron usul bilan biriktirilgan fayllarni uzatish va qabul qilish imkonini beradigan istalgan aloqa xizmati

elektron quvvat koeffitsiyenti korrektori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

To‘g‘rilagich tarkibiga kiradigan, quvvat koeffit-siyenti birga teng bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tar-mog‘idan elektr energiya iste’mol qilinishini ta’minlaydigan o‘zgartirgich.

elektron rasm chizish apparaturasi

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Grafik digitayzer, elektron «qalam», tasvir buferi va dasturiy ta’minotli kompyuterdan tashkil topgan qurilmalar kompleksi. Rasm chizish, bo‘yash, videografikada applikatsiyalar, haqiqiy video kadrlarni animatsiya va retush qilish imkonini beradi

elektron servislar reyestri

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimining, elektron servislar tavsiflari saqlanishini, shuningdek, kerakli servislarni topish uchun bu tavsiflardan foydalanishni ta’minlaydigan kichik tizimi.

elektron tashuvchi (mashinada tashuvchi)

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Hisoblash texnikasi vositalari yordamida qayta ishlanadigan axborotni yozish, saqlash va qayta tiklash uchun foydalaniladigan moddiy tashuvchi.

Показаны 21301-21320 из 34034