to‘g‘rilovchi yarim-o‘tkazgichli ustun

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ketma-ket ulangan va ikkita chiqish uchi bo‘lgan yaxlit konstruksiyaga yig‘ilgan to‘g‘rilovchi yarim-o‘tkazgichli diodlar jami.

to‘la almashlab ulash energiyasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yarimo‘tkazgichli asbob toki maksimal bo‘l-ganda, ulash va uzib qo‘yish energiyalarining jami.

to‘la boshqariladigan sxema

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Barcha kuch ventilli asboblar boshqariladigan simmetrik sxema.

to‘ldirish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Kvant elektronika asboblarida aktiv muhitni qo‘zg‘atish jarayoni.

to‘ldirish rezonatori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektr maydonning ko‘ndalang tashkil etuvchisi, chastotasi oqimning siklotron chastotasidan ikki marta katta bo‘lgan tashqi manbaning ko‘nda-lang kinetik energiyasi kuchaytirilishini amalga oshiradigan o‘ta yuqori chastota aktiv rezonatori.

to‘liq ravshan tasvir

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yoritiladigan elektron mikroskopda obyektda tarqalmagan elektronlardan, shuningdek, obyektiv linzaning apertura burchagi chegarasida tarqalgan elektron dastalardan tuzilgan tasvir.

to‘lqin o‘tkazgichli optik deflektor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Optik to‘lqin o‘tkazgichda tarqaladigan lazer nurlanish dastasining og‘ishi yuz beradigan optik deflektor.

to‘lqinlar dispersiyasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Tarqalish muhitida garmonik to‘lqinlar fazaviy tez-ligining chastotaga bog‘liqligi.

to‘lqinlarning sinishi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Bir muhitdan boshqasiga o‘tishda, birinchisidan o‘zi-ning fizik xarakteristikalari – dielektrik o‘tkazuv-chanligi, magnit o‘tkazuvchanligi, o‘tkazuvchanligi va muvofiq ravishda, tarqalish tezligining qiymati bilan farq qiluvchi to‘lqinlar tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishi.

to‘planadigan energiya uzatiladigan o‘zgartirgich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Manba energiyasi dastlab elektr reaktorda to‘p-lanadigan, so‘ngra asosiy yelka (yelkalar)ning uzib qo‘yilgan holati intervalida nagruzkaga uzatiladigan, o‘zgarmas tok o‘zgartirgichi.

to‘planib joylashish inversiyasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘tkazish rejimi boshqaruvchi impulslar uzatilganda ta’minlanadigan o‘ta yuqori chastota uzgichi.

to‘qnashishlarning oldini olish sohasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Havo kemasining boshqa obyektlar bilan to‘qna-shishini oldini olish uchun ko‘zda tutiladigan uchuv-chisiz boshqariladigan havo kemasi atrofidagi hu-dudning yuzasi.

to‘qnashuv haqida ogohlantirish hududi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Havo fazosining sirt nuqtasida, to‘qnashuvdan ogohlantirish doirasidagi chegaralarda havo kemasi-ning harakat trayektoriyasini kesib o‘tish xavfini bar-taraf qilish uchun manyevr bajarishni boshlash zaru-rati.

to‘qnashuv haqida ogohlantirish chegarasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

O‘lchashlarning mumkin bo‘lgan xatoliklarini hisob-ga olib, to‘qnashuvlar haqida ogohlantirishni kafolat-laydigan ikkita havo kemasining yo‘l qo‘yiladigan minimal yaqinlashish masofasiga mos keladigan nuqtalar bilan hosil qilingan havo fazosidagi sirt.

to‘qnashuvlarning oldini olish testi

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Robotning harakatlanish yo‘lida uchraydigan to‘siq-larni aniqlash uchun testlash.

to‘rli magnetron

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Chiqish signalining amplitudaviy yoki chasto-taviy modulyatsiyasini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, uchinchi elektrodi bo‘lgan mag-netron.

to‘rt kallakli magnit videoyozish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Magnit tasmadagi, tasma tortuvchi mexanizmning aylanuvchi detalida ketma-ket joylashgan to‘rtta videokallak bilan ko‘ndalang-satrli yozish amalga oshiriladigan videoyozish.

to‘rt kvadratli o‘zgartirgich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ham tokning yo‘nalishini, ham kuchlanishning qutbliligini o‘zgartirish bilan amalga oshirila-digan, o‘zgarmas tok energiyasi oqimi to‘rt yo‘nalishda bo‘ladigan, o‘zgarmas tok o‘zgar-tirgichi yoki o‘zgaruvchan (o‘zgarmas) tok o‘zgartirgichi.

to‘siq modeli

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Robotning ishchi makonida aniq to‘siqning shakli va holatini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan virtual elementlar (sferalar, silindrlar va yuzalar) to‘plami. To‘qnashishlar ehtimoli yo‘qligini nazorat qilishda foydalaniladi.

Показаны 2201-2220 из 34034