geterodin qabul

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

So‘nmaydigan to‘lqinlar signallarini radio qabul qilish bo‘lib, bunda radioqabulqilgichning chiqish signali, odatda, qabulqilgich ichida paydo bo‘ladigan va qabul qilinadigan signal chastotasiga yaqin chastotaga ega bo‘lgan qo‘shimcha tovush tebra-nishlari hisobiga tovush signali bo‘lib hisoblanadi.

geterodin qabuldagi tebranishlar generatori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Geterodin qabuldagi qo‘shimcha tebranishlar generatori.

geterodinli qabul qilish (гетеродинли қабул қилиш)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Radiotelegraf signallarini tepkili tebranish metodi bo‘yicha qabul qilish. Tepkili tebranishlar qabul qilinadigan tebranishlarning chastotasi bo‘yicha yaqin bo‘lgan mahalliy geterodinning yordamchi tebranishlari bilan qo‘shilishi natijasida vujudga keladi. Tepkili tebranishlarni detektorlashdan so‘ng, tovush chastotasi toni hosil bo‘ladi, u uzatilayotgan telegraf signallarini qayta tiklaydi. (Радиотелеграф сигналларини тепкили тебраниш методи бўйича қабул қилиш. Тепкили тебранишлар қабул қилинадиган тебранишларнинг частотаси бўйича яқин бўлган маҳаллий гетеродиннинг ёрдамчи тебранишлари билан қўшилиши натижасида вужудга келади. Тепкили тебранишларни детекторлашдан сўнг, товуш частотаси тони ҳосил бўлади, у узатилаётган телеграф сигналларини қайта тиклайди.)

geterodinli rezonans indikatori (гетеродинли резонанс индикатори )

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Radioqabulqiluvchi va radiouzatuvchi qurilmalar-ning yuqori chastotali zanjirlarini sozlash uchun qo‘llaniladigan o‘lchash asbobi; asosan radiohavas-korlar tomonidan qo‘llaniladi. Geterodinli rezonans indikatorning ishlashi ikkita tebranuvchi konturni rezonansga sozlashda bir (GRI) konturdan boshqasi (tekshirilayotgan sxema)ga energiyani maksimal uzatilishini kuzatishga asoslangan. Ishlash rejimiga qarab geterodinli rezonans indikatori rezonansli yoki geterodinli chastota o‘lchagich sifatida qo‘llaniladi. (Радиоқабулқилувчи ва радиоузатувчи қурилма-ларнинг юқори частотали занжирларини созлаш учун қўлланиладиган ўлчаш асбоби; асосан ра-диоҳаваскорлар томонидан қўлланилади. Гетеродинли резонанс индикаторнинг ишлаши иккита тебранувчи контурни резонансга созлашда бир (ГРИ) контурдан бошқаси (текширилаётган схема)га энергияни максимал узатилишини кузатиш-га асосланган. Ишлаш режимига қараб гетеродинли резонанс индикатори резонансли ёки гетеродинли частота ўлчагич сифатида қўллани-лади.)

geteroo‘tish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Asosiy kimyoviy va/yoki fazaviy holatiga ko‘ra turli xil bo‘lgan ikkita yarimo‘tkazgich o‘rtasidagi elektr o‘tish. Izoh Anizotip va izotip geteroo‘tishlar farqlanadi.

gibrid kodlash

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Harakatlanuvchi televizion tasvirlarni qayta ishlash uchun kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘z ichiga oladigan, videosignal raqamli oqimini siqish. Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida kadr ichida va kadrlararo kodlashni o‘zida mujassamlashtirgan kodlash.

gibrid kompyuter

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Raqamli va analog hisoblash mashinalarining birikmasini o‘zida ifodalaydigan kompyuter tizimi. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlarida, robototexnikada va murakkab tizimlarni modellashda foydalaniladi.

gibrid kuch filtri

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tok (kuchlanish)ning tegishli garmonikasiga rezonansga sozlangan LC- zanjirlar turidagi passiv zvenolardan va aktiv kuch filtrlaridan iborat yuqori garmonikalar filtri.

gibrid o‘ta yuqori chastotali himoya qurilmasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Turli fizik ishlash prinsipiga nochiziqli elementlarda bajarilgan o‘ta yuqori chastotali himoya qurilmasi.

giperbolik radionavigatsiya tizimi (гиперболик радионавигация тизими)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Koordinatalari ma’lum bo‘lgan, sinxron ishlaydigan bir necha juft yer usti radiostansiyalaridan impulslar kelish vaqti farqiga ko‘ra joylashgan yerini aniqlash uchun, kema yoki samolyotda o‘rnatiladigan radioelektron qurilmalar yig‘indisi. Har bir juft stansiya (giperbola) lardan vaqt bo‘yicha bir xil oraliqda kelayotgan signalli liniyalar maxsus kartalarda qayd qilinadi. Giperbolalarning kesishish nuqtalari obyekt o‘rnashgan joyga mos keladi. (Координаталари маълум бўлган, синхрон ишлайдиган бир неча жуфт ер усти радиостанцияларидан импульслар келиш вақти фарқига кўра жойлашган ерини аниқлаш учун, кема ёки самолётда ўрнатиладиган радиоэлектрон қурилмалар йиғин-диси. Ҳар бир жуфт станция (гипербола) лардан вақт бўйича бир хил оралиқда келаётган сигналли линиялар махсус карталарда қайд қилинади. Гиперболаларнинг кесишиш нуқталари объект ўрнашган жойга мос келади.)

giperdiapazon (giperpolosa)

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Kabelli televizion eshittirishlar uchun ajratilgan, 230 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni.

giperkanallar

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Kabelli televideniye tarmoqlarida foydalaniladigan 300 MHz dan 470 MHz gacha bo‘lgan chastotalar polosasidagi chastota kanallari.

gipotetik etalon zanjir

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Bir oxirgi stansiyadan keyingi stansiyagacha oraliq stansiyalarning zanjiri orqali radioreleli liniyalar bo‘ylab xabarlarni uzatish tarkibiy trakti. Izoh − Axborotni uzatishning gipotetik trakti liniyaning to‘liq uzunligi, axborotni qayta qabul qilish soni va uzatish sifatining ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.

Gladiator TUGV

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Amerikaning radioboshqariladigan jangovar roboti. AQSh dengiz piyoda askarlari korpusi bu robot bilan qurollangan. Tunda ko‘rish moslamasi va teplovizor bilan jihozlangan, buning natijasida kunu tunning istalgan vaqtida harakatlana oladi.

glass bulb image tube

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

glass bulb image tube

Показаны 22621-22640 из 34437