kamerani masofadan boshqarish

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Tarmoqqa yoki aloqa kanaliga ulangan terminal tarkibiga kiruvchi videokameralarni boshqarish.

kanal

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Ikki yoki bir nechta nuqtalar o‘rtasida (elektr) signallarini uzatish yo‘li.

kanal

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Axborot uzatiladigan yo‘l, ya’ni kommunikatsiya tizimining qabulqilgich va xabar manbaini o‘zaro bog‘laydigan qismi.

kanal darajasi (ma’lumotlar bo‘g‘ini darajasi)

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Tarmoq elementlari o‘rtasida ma’lumotlar uzatish darajasida aloqani tashkil qilish, qo‘llabquvvatlash va uzilishlarni ta’minlaydigan OSI modelining ikkinchi sathi. Paketlarni qabul qilish va uzatish, deytagramma darajasidagi servis, lokal adreslash va xatolarni nazorat qilish uchun javob beradi

kanal sathi protokoli

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Muhitga kira olishni boshqarish (MAC– sathidagi) va OSI yetti sathli modelining fizik (PHY) sathidagi simsiz tarmoqlarni tashkil qilish tartibini belgilaydigan protokol.

kanal; trakt; zanjir

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Ulanishi o‘rnatishni ta’minlaydigan signallarni zichlash va o‘zgartirish apparaturasini o‘z ichiga oladigan vositalarning jami.

Kanaldan balanslangan foydalana olish protsedurasi

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

X.25 protokollari guruhiga kiradigan kanal sathi protokoli. LAPB HDLC protokolidan ishlab chiqilgan bitga yo‘naltirilgan protokol hisoblanadi.

kanallar adapteri

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Televizion kanalda eltuvchilar tarqoqligini va ularning chastota spektridagi holatini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilma

kanallardagi qutblanish nosozligini xotirada saqlab qolish

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Har bir kanal uchun dasturlarni qayta ulashdan so‘ng avtomatik tarzda almashtirish orqali qutblanish burchagini moslash mumkinligi.

Kanallarni adaptiv taqsimlash

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Telekommunikatsiyalar kanali o‘tkazuvchanlik qobiliyatining bir nechta qurilmalar o‘rtasida, ularning talablariga bog‘liq ravishda dinamik taqsimlanishi.

Kanallarni kodli ajratish bilan ko‘plab kira olish

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Tarmoqda bir turdagi chastotalardan ko‘p marta foydalanadigan sotali aloqaning raqamli tizimi (radiochastotali resursdan samarali foydalaniladi). Izoh – Nurlanuvchi quvvat va shovqinlar darajasining bir vaqtda pasayishida yuqori sig‘imni va nutqning yuqori sifatini ta’minlaydigan sotali aloqa tizimi.

kanallarni kommutatsiyalash bi-lan ma’lumotlar uzatish xiz-matining xizmatlari

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Kommutatsiya tarmog‘i kanallari va liniyalari ketma-ket bog‘lanishini ta‘minlaydigan kommu-tatsiya tarmoq stansiyasidagi yoki uzelidagi oper-atsiyalar majmui hisobiga amalga oshiriladigan xizmatlar.

kanallarni vaqt bo‘yicha zi-chlash

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Turli xabarlarning signallarini vaqt davomida ketma-ket uzatish.

kanallarning dinamik ko‘rsatkichi

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Televizorlardagi funksiya, u aktivlashganda ayni vaqtda ko‘rilayotgan telekanaldagi tasvir markazga suriladi, uning atrofida tasvirni har sekundda yangilagan holda, boshqa 12 ta kanalni uzatuvchi 12 ta kichik darcha paydo bo‘ladi.

kanallarning dinamik taqsimlanishi (каналларнинг динамик тақсимланиши)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Xalaqitlardan xoli kanallarni tanlash maqsadida, ishchi chastotalarning muayyan to‘plamini davriy skanlashga asoslangan kanallarni tayinlash metodi. Халақитлардан холи каналларни танлаш мақса-дида, ишчи частоталарнинг муайян тўпламини даврий сканлашга асосланган каналларни тайинлаш методи.

kanalli elektron ko‘paytirgich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Uchlariga kuchlanish ulangan kanal ko‘rinishida yasalgan uzluksiz dinodli elektrostatik ikkilamchi-elektron ko‘paytirgich.

karrali sinxronlikka ega videodisk

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Bitta aylanishi televizion tasvir kadrlarining butun soniga teng bo‘lgan videodisk.

karusel turidagi konveyyer tizimi

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Aylanadigan platforma, o‘ziga o‘xshash obyektlarni navbatga qo‘yish tizimi bo‘lib xizmat qiladi, bu tizim yordamida detallar va uzellar navbati bilan yig‘uvchi sanoat robotiga, uning uzatish-yuklash/ tushirish-bo‘shatish punkti (stansiyasi) ga uzatiladi.

kaskad kodlash

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Uzatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri traktida bir juftdan ortiq koder-dekoderdan foydalanish.

Показаны 23501-23520 из 34437