korrelyatsiya

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Ikkita signal o‘rtasidagi ularning yaqinlik darajasini tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liqlik.

kotib xizmati

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Abonentga barcha kiruvchi chaqiruvlarni qayta ishlash uchun boshqa telefon (kotib telefoni) tayinlash imkonini beradigan xizmat, ya’ni barcha kiruvchi chaqiruvlar avval kotib telefoniga yubo-riladi va faqat kotib ushbu xizmat abonentini bevosita chaqirishi mumkin bo‘ladi.

ko‘chki to‘g‘rilovchi diod

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Minimal teshilish kuchlanishining berilgan xarak-teristikalariga ega, volt-amper xarakteris-tikasining teshilish sohasida chegaralangan davomiylik mobaynida quvvat impulsini tarqatish uchun mo‘ljallangan to‘g‘rilovchi yarimo‘tkazgichli diod.

ko‘chki tranzistor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ishlashi kollektorli o‘tishda zaryad tashuv-chilarning ko‘chkili ko‘payish rejimidan foyda-lanishga asoslangan bipolyar tranzistor.

ko‘chki-issiqlik teshilish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yarimo‘tkazgichli asbob tokining, yarimo‘tkaz-gich (dielektrik) ning zarbli ionlanish va zaryad tashuvchilarning ko‘chki ko‘payishida qizib ketishi bilan bog‘liq keskin oshishi.

ko‘chki-oraliq nobarqarorlik

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Zarbli ionlanish va zaryad tashuvchilarning ko‘chki ko‘payishida yarimo‘tkazgichlarda yuzaga keladigan tok nobarqarorligi.

ko‘chki-oraliq diod

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektr o‘tishning teskari siljishida, zaryad ta-shuvchilarning ko‘chkisimon ko‘payish rejimida ishlaydigan va o‘ta yuqori chastotali tebranishlarni generatsiyalash uchun mo‘ljallangan yarim-o‘tkazgichli diod.

ko‘chkili teshilishning maksimal energiyasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Kollektor-emitter yoki kirish-chiqish kuchlanish-ni tashqi cheklamasdan induktiv nagruzkani kommutatsiyalash paytida tranzistor sochadigan energiyaning yo‘l qo‘yiladigan qiymati.

ko‘chma apparatura

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ko‘chma stansiyadagi uzatkich yoki qabulqil-gich yoki ularning birikmasi, jumladan, ko‘chma stansiyadagi duplekser.

ko‘chma havo (OR) xizmati (кўчма ҳаво (OR) хизмати)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Asosan milliy yoki xalqaro fuqaro havo trassalaridan tashqari parvozlarni muvofiqlashtirishga taalluqli aloqani ichiga oladigan aloqa uchun mo‘ljallangan ko‘chma havo xizmati. (Асосан миллий ёки халқаро фуқаро ҳаво трассаларидан ташқари парвозларни мувофиқлашти-ришга тааллуқли алоқани ичига оладиган алоқа учун мўлжалланган кўчма ҳаво хизмати.)

ko‘chma havo (R) xizmati (кўчма ҳаво (R) хизмати)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Asosan milliy yoki xalqaro fuqaro havo trassalaridagi parvozlar xavfsizligi va muntazamligiga taalluq-li aloqa uchun rezervlanadigan ko‘chma havo xizmati. (Асосан миллий ёки халқаро фуқаро ҳаво трассаларидаги парвозлар хавфсизлиги ва мунтазамлигига тааллуқли алоқа учун резервланадиган кўчма ҳаво хизмати.)

ko‘chma maishiy radio-elektron apparat

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tarmoq yoki universal elektr ta’minot manbaiga ega, konstruksiyasida apparatni qo‘lda ko‘tarib yurish uchun elementlar ko‘zda tutilgan va statsionar apparatlarga nisbatan kam og‘irlikka ega bo‘lgan maishiy radioelektron apparat.

ko‘chma stansiya

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Harakatlanish yoki belgilanmagan joylardagi to‘xtashlar vaqtida foydalanish uchun mo‘ljal-langan ko‘chma xizmatdagi stansiya.

ko‘chma yig‘ish

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Buyum yoki uning tarkibiy qismlarini ularni pozitsiyalar bo‘yicha siljitish orqali yig‘ish.

ko‘ndalang magnitlanish bilan yozish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yozuv tashuvchining qoldiq magnitlanganlik yo‘nalishi yozuv yo‘nalishiga perpendikulyar va yozuv tashuvchining ishchi qatlami yuzasiga parallel bo‘lgan magnit yozib olish.

ko‘ndalang moda

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Optik rezonatorda, uning o‘qiga nisbatan bur-chak ostida tarqaladigan moda.

ko‘ndalang to‘lqindagi o‘zaro ta’sir

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektron oqim va elektromagnit to‘lqin guruhiy tezligining tarqalish yo‘nalishi o‘zaro per-pendikulyar bo‘lgan sharoitda, elektron oqimn-ing elektromagnit to‘lqin bilan o‘zaro ta’siri.

ko‘ndalang yozish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yozadigan keskich tebranishlarining yo‘nalishi yozish yo‘nalishiga perpendikulyar va yozuv tashuvchi yuzasiga parallel bo‘lgan mexanik yozish.

Показаны 23661-23680 из 34437