maydon boshqaradigan tiristor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Strukturasi tiristor va ikkita maydon tranzistorini ichiga oladigan kuch yarimo‘tkazgichli asbob. Bu ikki maydon tranzistorlaridan biri tok impulsini boshqaruvchi elektrodga uzatgan holda, ulash jarayonini ikkinchisi esa, o‘xshash tarzda asbobning uzib qo‘yilish jarayonini ta’minlaydi.

maydon ichra (kadr ichra) kodlash

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Raqamli oqimni qisqartirish maqsadida bir maydon tasvirining qo‘shni sanoqlari o‘rtasidagi fazoviy korrelyatsiyadan foydalanishga asoslangan kodlash

maydon kuchlanganligini o‘lchagich

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Mavjud sharoitlarda maydon kuchlanganligini o‘lchashni ta’minlaydigan antennali qabulqilgich.

maydon tranzistorining o‘tish sig‘imi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Umumiy chiqishga ega sxemada kirishda o‘zga-ruvchan tok bo‘yicha qisqa tutashuv vaqtida, zatvor va kirish orasidagi sig‘im.

mazer

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Atom va molekulalarning majburiy nurlanishidan foydalaniladigan har qanday o‘ta yuqori chastota asbobi. Ularga kvant paramagnit kuchaytirgich, molekulyar generator va boshqa aktiv kvant chastota standartlari kiradi.

mazmunni boshqarish tizimi

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Ma’lumotlarni, ulardan Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lishi uchun (jumladan, ma’lumotlarni sayt sahifalari bo‘yicha joylashtirish va kerakli for-matga keltirish) rasmiylashtiradigan dasturiy tizim.

ma’lum bir yo‘nalishda antenna quvvatini kuchaytirish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tayanch antenna kirishidagi zarur quvvat va ushbu antenna kirishiga, ikkala antenna ma’lum bir yo‘nalishda bir xil masofada teng maydon hosil qilishi uchun keltiriladigan quvvat o‘rtasi-dagi, odatda detsibellarda ifodalanadigan nisbat.

ma’lumotlar

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Kompyuterda qayta ishlash qulay bo‘lgan raqamli ko‘rinishda taqdim etilgan axborot (matn, sonlar, tovush, tasvirlar).

ma’lumotlar

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Telekommunikatsiyalar tizimlarida qayta ishlanadigan obyekt bo‘lib hisoblanadigan axborot.

ma’lumotlar raqamli signalining tasodifiy chetki buzilishi (tasodifiy buzilish)

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Ma’lumotlar raqamli signalining tasodifiy xalaqitlar ta’siriga bog‘liq bo‘lgan chetki buzilishi.

ma’lumotlar banki ma’muriyati

Информационная безопсность Информационная безопсность

Ma’lumotlar bankidan foydalanish: ma’lumotlar bazasini yuritish, undan jamoa bo‘lib foydalanish-ni tashkillashtirish va tizimni rivojlantirish yuzasi-dan javobgar bo‘lgan shaxslar guruhi (bo‘linma).

ma’lumotlar bankiga murojaat qilish xizmati

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Ma’lumotlar bazasining markazida saqlanadigan axborotdan erkin foydalana olish imkonini ta’minlaydigan interaktiv xizmat. Izoh – Axborot foydalanuvchiga faqat uning so‘rovi bo‘yicha uzatiladi. Axborotga murojaat qilish individual ravishda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni axborot ketma-ketligi uzatilishining boshlanish vaqtini foydalanuvchi boshqaradi.

ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Ma’lumotlar bazalari yaratilishini va ulardan foyda-lanishni boshqarishni ta’minlaydigan, umumiy yoki maxsus maqsaddagi dasturiy va lingvistik vositalar yig‘indisi.

ma’lumotlar bazasini boshqarish

Информационная безопсность Информационная безопсность

Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni belgilash, tashkillashtirish, boshqarish va muhofaza qilish funksiyalarining bajarilishi.

ma’lumotlar bazasining strukturasi

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Ma’lumotlar bazasida yozuvlarni va ular orasidagi bog‘liqliklarni tashkil qilish tartibi yoki prinsipi.

ma’lumotlar bilan elektron almashinuv

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

1 Umumfoydalanish aloqa tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlarning har xil turlarini, jumladan, tijorat axborotlarini uzatish tizimi uchun standartlar guruhining umumiy nomi. 2 Adreslanadigan uzellar o‘rtasidagi ma’lumotlarning elektron almashinuvi

ma’lumotlar biti

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Ikkilik pozitsion hisoblash tizimida taqdim etilgan ma’lumotlar simvollaridan biri.

Ma’lumotlar chetki uskunasi (MChU)

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Ma’lumotlar manbai yoki ma’lumotlar qabul qiluvchisi, yoki unisi ham, bunisi ham bo‘lib hisoblangan chetki uskuna (masalan, EHM). Izoh – MChU ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tarkibiga kirmaydi. MChU o‘rnida ma’lumotlar tarmog‘iga ulangan telefon xizmati serverlari ham bo‘lishi mumkin.

Показаны 23741-23760 из 33948