o‘chirish satrchasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘chirish yo‘lkasining, yozuv satriga mos keladigan qismi.

o‘chirish usuli

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘chirishni amalga oshirish uchun foydalanila-digan texnik usul.

o‘lchash signalogrammasi bo‘yicha qayta eshittirish kanalining amplituda-chastota xarakteristikasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘lchash signalogrammasi signallarini tiklashda qayta eshittirish kanali chiqishidagi kuchlanishning chastotaga bog‘liqligi.

o‘lchashlar (radiotexnik) ( ўлчашлар (радиотехник))

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘li bilan maxsus texnik vositalar yordamida aniqlash metodlari. Bevosita va bilvosita o‘lchashlar ma’lum. Bevosita o‘lchashda radiotexnik kattalikning izlanayotgan qiy-mati bevosita tajriba ma’lumotlari orqali (chastota o‘lchagich yordamida chastotani o‘lchash) topiladi. Bilvosita o‘lchashlarda kattalikning izlanayotgan qiymati shu kattalik va bevosita o‘lchashlarda ishtirok etgan kattaliklar o‘rtasidagi ma’lum bog‘liqlik asosida topiladi. (Физик катталиклар қийматларини тажриба йўли билан махсус техник воситалар ёрдамида аниқ-лаш методлари. Бевосита ва билвосита ўлчашлар маълум. Бевосита ўлчашда радиотехник катталикнинг изланаётган қиймати бевосита тажриба маълумотлари орқали (частота ўлчагич ёрдамида частотани ўлчаш) топилади. Билвосита ўлчаш-ларда катталикнинг изланаётган қиймати шу катталик ва бевосита ўлчашларда иштирок этган катталиклар ўртасидаги маълум боғлиқлик асосида топилади.)

o‘lchaydigan filtr (ўлчайдиган фильтр)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Chastotaviy xarakteristikasi odam qulog‘i yoki tasvirning turli xildagi chastotaviy tashkil etuvchilarini subyektiv ko‘z bilan idrok qilish xususiyatlari bilan mos bo‘lgan filtr. (Частотавий характеристикаси одам қулоғи ёки тасвирнинг турли хилдаги частотавий ташкил этувчиларини субъектив кўз билан идрок қилиш хусусиятлари билан мос бўлган фильтр.)

o‘ng tomonlama (soat mili bo‘yicha) qutblanish

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Elliptik yoki doiraviy qutblanish, bunda tarqal-ish yo‘nalishini o‘z ichiga olmagan istalgan qayd etilgan tekislikda kuzatiladigan elektr maydon kuchlanish vektori, agar tarqalish yo‘nalishiga qaralsa, soat mili bo‘yicha aylanadi.

o‘qish vaqti

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Tizimga, chaqirilgan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun kerak bo‘lgan vaqt. U fizik o’qishlar va tizimning texnik taym-autlari vaqtlarining yig‘indisidan iborat.

o‘qiydigan elektron dasta

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

To‘plangan axborotni o‘qish uchun foydalaniladigan elektron dasta.

o‘qli tezlanish, robot o‘qi bo‘yicha tezlanish

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Robotning berilgan foydali yuklamasida uning aniq o‘qi uchun erishiladigan maksimal tezlanish.

o‘rgatiladigan robotlar

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Harakati o‘rgatish jarayonida (odam maxsus plata yordamida robot harakati tartibini belgilaydi va bu tartib xotirlash qurilmasi xotirasiga yoziladi) to‘liq shakllantiriladigan robotlar.

o‘rgatish pulti

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Manipulyatorning harakatchanlik darajasini va ush-lab turishlarni qo‘lda boshqarishni, shuningdek, uning datchiklarining robotni o‘rgatish rejimida joylashishini nazorat qilishni ta’minlaydigan mexa-nizm.

o‘rgatuvchi robot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Ta’lim maqsadlari uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy platforma. Aqlli robotlarni yaratishda datchiklar, servomotorlar, dasturiy ta’minot bilan ishlash jarayonida informatika, fizika, texnologiya, konstruksiyalash, matematika va tizimli fikrlashga o‘qitish muhiti.

o‘rgimchaksimon robot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Siljish uchun to‘rtta va undan ko‘p oyoqlardan foydalanuvchi robot.

o‘rnatiladigan razryadlagich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Himoya kaskadining yoki uzatkichni blokirovkalash qurilmasining bir qismi bo‘lgan gazrazryadli asbob.

o‘rtacha sig‘imdagi to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli liniyalar

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Kanallarining soni 60 ta dan 300ta gacha bo‘lgan to‘g‘ri ko‘rinishdagi radioreleli liniyalar

o‘ta kam shovqinli o‘ta yuqori chastota krioelektron tizimi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Shovqin temperaturasi 40 K dan ko‘p bo‘lmagan krioelektron tizim.

o‘ta keng polosali

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Band qilingan chastotalar polosasining kengligi eltuvchi chastotaning 25 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi, axborotni uzatish esa o‘ta qisqa (10 ns va undan kichik) impulslar yordamida amalga oshiriluvchi kanallar, tarmoqlar yoki tizimlarga tegishli atama

Показаны 24601-24620 из 33948