o‘ta lyuminessensiya

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Lazer aktiv muhitning, teskari bog‘lanish bo‘l-maganda, o‘z spontan nurlanishini kuchaytirishi jarayonida yuzaga keladigan majburiy nurlanish.

o‘ta o‘tkazuvchan kvant interferension asbob

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Jozefson effektidan va bir yoki ikki Jozefson o‘tishi (kontakti) bilan ajratilgan o‘ta o‘tkazuv-chan halqada magnit oqimni kvantlash hodisasidan foydalanishga asoslangan, magnit oqimni o‘lchagich.

o‘ta panjaralar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Kristall panjara doimiysidan ancha katta bo‘lgan davr bilan potensialning davriy o‘zgarishi yuzaga keltiriladigan qattiq jismli strukturalar.

o‘ta yuklanishni bartaraf etish

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

ATM-tarmoq, kechikishlarini kamaytirish maqsadida tarmoqqa keladigan trafik bilan boshqaradigan mexanizm. Resurslardan unumli foydalanish maqsadida past ustuvorli trafik, agar sharoit uni yetkazish mumkin emasligini ko‘rsatsa, tarmoq chegarasiga olib tashlanadi.

o‘ta yuqori chastota asbobining ishchi chastotasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobi berilgan rejimda ma’lum bir chiqish parametrlarini ta’minlashi kerak bo‘ladigan chastota.

o‘ta yuqori chastota generator asbobi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastotali tebranishlarni generatsiyalash uchun mo‘ljallangan o‘ta yuqori chastota asbobi.

o‘ta yuqori chastota kriostatli germetik kiritkich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Traktning, o‘ta yuqori chastotali energiyani kam issiqlik va elektr yo‘qotishlar bilan kriostatga uzatish yoki undan chiqarish uchun mo‘ljallangan vakuum-zich elementi.

o‘ta yuqori chastota passiv rezonatori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastotali maydon ishchi elektron oqim bilan o‘zaro ta’sirlashmaydigan o‘ta yuqori chastota rezonatori.

o‘ta yuqori chastota aktiv rezonatori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastotali maydon ishchi elektron oqim bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan o‘ta yuqori chastota rezonatori.

o‘ta yuqori chastota aralashtiradigan asbobi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Chiqish signali spektrida, kirishlariga chastota bo‘yicha farqlanadigan ikki yoki undan ko‘p signalni uzatish paytida kombinatsiyalangan chastotalar olish uchun mo‘ljallangan, o‘ta yuqori chastota asbobi.

o‘ta yuqori chastota asbobi tebranishlar turi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektromagnit to‘lqinning sekinlashtiruvchi tizimning bir yacheykasiga muayyan fazaviy siljishi orqali tavsiflanadigan tebranishlar turi.

o‘ta yuqori chastota asbobi chastotasini elektron qayta sozlash gisterezisi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobi tebranishlar chastotasining, boshqaruvchi kuchlanish yoki tok kamayganda yoki ko‘payganda, bu kuchlanish yoki tokning qiymatiga ikki qiymatli bog‘liqligi.

o‘ta yuqori chastota asbobi chastotasining chiqib ketishi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobi generatsiyalanayotgan yoki kuchaytirilayotgan tebranishlar chastotasining, kuchlanishni elektrodlarga uzatish paytidan, o‘rnatilgan deb qabul qilingan chastotaga erishish paytigacha hisoblanadigan vaqtdagi o‘zgarishi.

o‘ta yuqori chastota asbobi-ning ishchi chastotalar diapazoni

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobining parametrlari va xarakteristikalari asbob berilgan rejimda ishla-ganda belgilangan chegaralarda saqlanadigan chastotalar intervali.

o‘ta yuqori chastota asbobi-ning qayd qilingan chastotasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobining chastotalarning ishchi diapazonidan tanlangan chastotasi.

o‘ta yuqori chastota asbobining chiqish qurilmasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobining, o‘ta yuqori chastotali energiyaning asbobdan tashqi nagruzkaga chiqarilishini ta’minlaydigan tarkibiy qismi.

o‘ta yuqori chastota asbobining chiqish quvvati

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobi belgilangan parametrlar bilan nagruzkaga uzatadigan o‘ta yuqori chastotali quvvat.

o‘ta yuqori chastota asbobining dreyf fazosi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobining, o‘ta yuqori chastotali maydondan holi, dreyf natijasida elektronlarning guruhlanishi yuz beradigan fazosi.

o‘ta yuqori chastota asbobining kirish qurilmasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘ta yuqori chastota asbobining o‘ta yuqori chastotali energiyani asbobga kiritilishini amalga oshiradigan tarkibiy qismi.

Показаны 24621-24640 из 33948