yo‘l qo‘yiladigan qiymat ( йўл қўйиладиган қиймат)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Parametrning, o‘zgarishlarning ruxsat etilgan sohasi chegarasidan chiqmaydigan qiymati. (Параметрнинг, ўзгаришларнинг рухсат этилган соҳаси чегарасидан чиқмайдиган қиймати.)

yo‘ldosh liniya

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Uzatuvchi Yer stansiyasi va qabul qiluvchi Yer stan-siyasi orasida bir yo‘ldosh vositasidagi radioliniya. Yo‘ldosh liniyasi bitta Yer-kosmos liniyasini (liniya yuqoriga) va bitta kosmos-Yer liniyasini (liniya past-ga) o‘z ichiga oladi.

yo‘nalish bort antennasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Samolyot bortidagi, qo‘nish radiolokatsion tizimi-ning yo‘nalish (glissada, marker) radiomayog‘i ra-diosignallarining qabulini ta’minlaydigan antenna.

yo‘nalishni tez o‘zgartira olishlik; (robotning) mobilligi

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Ortiqcha harakatchanlikka ega robotning bo‘g‘inlari harakatlanishining turli kombinatsiyalaridan foyda-lanib, masalani hal qila olish qobiliyati.

yo‘naltirilgan antenna

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Muayyan yoki ma’lum yo‘nalishlarda, boshqa yo‘na-lishlarga nisbatan radioto‘lqinlarning nurlanishi yoki qabul qilinishini samarali ta’minlaydigan antenna.

yo‘naltirilmagan antenna

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Berilgan tekislikda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha radioto‘lqinlar tarqalishi yoki qabul qilinishining bir xil samaradorligini ta’minlaydigan antenna.

yo‘qotish, yo‘qotishlar

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Signallarning radioto‘lqinlar tarqaladigan muhitda va signallarni o‘zgartiradigan qabul qiluvchi-uzatuvchi uskunada susayishi.

yuguruvchi to‘lqin antennasi (югурувчи тўлқин антеннаси)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Geometrik o‘qi bo‘ylab elektromagnit tebranishlar-ning yuguruvchi to‘lqinlari tarqaladigan yo‘nalti-rilgan antenna. Yuguruvchi to‘lqin antennalariga «to‘lqin kanali» turidagi antenna, spiral antenna, dielektrik antenna, rombsimon antenna va boshqa qator antennalar kiritiladi. Yuguruvchi to‘lqin antennalari, asosan, radioto‘lqinlarning barcha uzunliklaridagi qabul qiluvchi radioqurilmalarda qo‘llaniladi. (Геометрик ўқи бўйлаб электромагнит тебранишларнинг югурувчи тўлқинлари тарқаладиган йў-налтирилган антенна. Югурувчи тўлқин антенналарига «тўлқин канали» туридаги антенна, спираль антенна, диэлектрик антенна, ромбсимон антенна ва бошқа қатор антенналар киритилади. Югурувчи тўлқин антенналари, асосан, радио-тўлқинларнинг барча узунликларидаги қабул қилувчи радиоқурилмаларда қўлланилади.)

yuk tashuvchi robot, Gita chemodan-roboti

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Turli xil buyumlarni tashish uchun mo‘ljallangan qurilma. Buni aqlli jomadonlar toifasiga kiritish mumkin. Ammo analoglardan farqli ravishda Gita faqat sayohatlar uchun emas, balki ko‘proq kundalik foydalanish – do‘kondan oziq-ovqat mahsulotlarini, og‘ir shaxsiy buyumlar (sumkalar, portfellar)ni va h.k.larni tashish uchun mo‘ljallangan.

yupqa plyonkalar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Qalinligi kamida 1 µm dan 3 µm gacha bo‘lgan qattiq qatlamlar. Izoh  Materiali (metall, yarimo‘tkazgichli, magnit, pyezoelektrik, o‘ta o‘tkazuvchan), strukturasi (monokristall, polikristall, amorf), tushirish usuli bo‘yicha farqlanadi.

yupqa plyonkali kondensator

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘zgarmas sig‘imli, qoplamasi va dielektrigi to‘shamaga tushirilgan yupqa plyonkalar shak-lida qilingan kondensator.

yuqori chastotali qo‘shimcha magnitlash bilan yozish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yuqori chastotali o‘zgaruvchan maydon bilan qo‘shimcha magnitlash orqali yozish bo‘lib, bunda yozib olish rejimi shunday tanlanganki, qo‘shimcha magnitlashning o‘zi amalda yozil-maydi, balki yozuv tashuvchining gisterezissiz magnitlanishi uchun sharoit yaratiladi.

yuqori voltli kenotron

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Anodning teskari kuchlanishi 10 kV va undan ko‘p bo‘lganda ishlash uchun mo‘ljallangan kenotron.

yuritma; robot yuritmasi

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Robot harakatini amalga oshirishda ishlatiladigan katta tokli mexanizm. Misol – Elektr, gidravlik yoki pnevmatik energiyani robot harakati energiyasiga aylantiruvchi elektrodvigatel.

yuza radioto‘lqin

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ikki muhitning ajralish yuzasi bo‘ylab, bu muhit-larning bevosita Yer yuzasiga yaqin joydagi xossalari orqali belgilanadigan xarakteristikalar bilan tarqaladigan radioto‘lqin.

yuza radioto‘lqin

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Ikkita muhitni ajratuvchi yuza bo‘ylab tarqaladigan, uning xarakteristikalari esa shu muhitning xususi-yatlari bilan aniqlanadigan radioto‘lqin.

yuza to‘lqinli magnetron

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Sekinlashtiruvchi tizimining elektromagnit maydoni asosan anod yuzasi yaqinida to‘plangan magnetron.

zamonaviy sensorli axborot tizimlari

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Vazifasi turli datchiklardan ma’lumot olish va uni boshqaruv tizimi tomonidan keyinchalik foydalanish uchun qayta ishlashdan iborat bo‘lgan funksional jihatdan birlashtirilgan o‘lchash va hisoblash vosi-talarining jami.

zararli dastur

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Bajarilishi shubhasiz, axborotning ruxsatsiz yo‘q qilinishiga, blokirovkalanishiga, o‘zgartirilishiga yoki undan nusxa ko‘chirilishiga, kompyuter, hisoblash tizimi yoki tarmoq ishining buzilishiga olib keladigan dastur.

Показаны 2461-2480 из 34034