qaytish koeffitsiyenti

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Qaytgan nurlanish oqimining tushuvchi oqim nisba-tiga teng koeffitsiyent yoki qaytgan to‘lqinning tushuvchi to‘lqinga intensivligi.

qirg‘oq stansiyasi (қирғоқ станцияси)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Dengiz ko‘chma xizmatining quruqlikdagi stansiyasi. (Денгиз кўчма хизматининг қуруқликдаги станцияси.)

qirg‘oq yer stansiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Dengiz ko‘chma yo‘ldoshli xizmatiga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi aniq ma’lum punktda joylashgan, muqim yo‘ldoshli xizmatning, yoki ba’zi hollarda, dengiz ko‘chma yo‘ldoshli xizmatining yer stansiyasi

qishloq xo‘jalik roboti yoki agrobot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan robot. Qishloq xo‘jaligida robotlar qo‘llanadigan asosiy jabha – hosilni yig‘ish davri hisoblanadi.

qismlarga ajraladigan generator lampa

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ajraladigan qobig‘i va ekspluatatsiya qilish sharoitlarida ichki elementlarini almashtirish imkoniyati bo‘lgan generator lampa.

qisqa muddatli xalaqit

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Qat’iy belgilangan sharoitlarda o‘lchangan davomiy-ligi berilgan texnik vosita uchun qat’iy belgilangan qandaydir kattalikdan kichik bo‘lgan elektromagnit xalaqit.

qisqa xabarlarni uzatish

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Telefon tarmog‘ining foydalanuvchisiga, MAT tiz-imining mobil abonentiga qisqa harf-raqamli xa-barni uzatish yoki undan shunday xabarni qabul qi-lish imkoniga ega xizmat (agar mobil stansiyada ushbu xizmatni bajarish vositalari mavjud bo‘lsa va qisqa xabarlar markaziga ega bo‘lsa).

qisqartirilgan raqam terish xizmati

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Abonent uchun to‘liq telefon raqami o‘rniga raqamni qisqartirib terish yo‘li orqali bog‘lanishni o‘rnatish imkonini beradigan xizmat.

qizdiriladigan katod

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ishchi yuzasi elektronlarning termoelektron emissiyasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan temperaturagacha qizdiriladigan katod.

qizdirilmaydigan magnetron

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ish rejimi katodni oldindan qizdirish talab qilinma-gan holda, anodning nominal kuchlanishi ulangan-da o‘rnatiladigan magnetron. Shuni hisobga olish kerakki, birlamchi elektron oqim avtoelektron emitter hisobiga vujudga keltiriladi, ikkilamchi elektron emissiya esa, tebranishlar qo‘zg‘algani sari oshib boradi.

qoplash zonasi (kosmik stansiyaning) (қоплаш зонаси (космик станциянинг))

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Belgilangan xizmatning kosmik stansiyasi bilan bog‘langan zona bo‘lib, uning chegaralarida muayyan texnik shartlarda bitta yoki bir nechta Yer stansiyalari bilan qabul qilish yoki uzatishni, yoki unisini ham, bunisini ham amalga oshirish uchun radioaloqa o‘rnatilishi mumkin bo‘ldi. Izohlar 1 Bir nechta qoplash zonalari har doim bir stansiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan bir nechta antenna nurlariga ega bo‘lgan yo‘ldoshda. 2 Texnik shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: uzatish stansiyalaridagi kabi qabul qilish stansiyalarida ham qo‘llaniladigan uskunalar xarakteristikasini, uni o‘rnatishning o‘ziga xos xususiyatlarini, talab etiladigan uzatish sifatini, masalan, himoya munosabatlari va ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlarini. 3 Quyidagi zonalarni farqlash mumkin: - halaqitlar mavjud bo‘lmagandagi qoplash zonasi, ya’ni faqat tabiiy yoki sanoatda hosil bo‘lgan shovqindan chegaralangan zona; - nominal qoplash zonasi: u mo‘ljallangan uzatkichlarni hisobga olish orqali chastotaviy rejani ishlab chiqishda aniqlanadi; - haqiqiy qoplash zonasi, ya’ni amalda mavjud bo‘lgan shovqin va xalaqitlarni hisobga oluvchi qoplash zonasi. 4 «Qoplash zonasi» tushunchasi geostatsionar bo‘lmagan yo‘ldosh bortidagi kosmik stansiyasiga nisbatan bevosita qo‘llanilishi mumkin emas, buning uchun qo‘shimcha tekshirish talab etiladi. 5 «Xizmat ko‘rsatish zonasi» atamasi «qoplash zonasi» atamasi kabi texnik asosga ega bo‘lishi, shu bilan birga ma’muriy jihatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak. (Белгиланган хизматнинг космик станцияси билан боғланган зона бўлиб, унинг чегараларида муайян техник шартларда битта ёки бир нечта Ер станциялари билан қабул қилиш ёки узатишни, ёки унисини ҳам, бунисини ҳам амалга ошириш учун радиоалоқа ўрнатилиши мумкин бўлди. Изоҳлар 1 Бир нечта қоплаш зоналари ҳар доим бир станция билан боғлиқ бўлиши мумкин, масалан бир нечта антенна нурларига эга бўлган йўлдошда. 2 Техник шартлар қуйидагиларни ўз ичига олади: узатиш станцияларидаги каби қабул қилиш станцияларида ҳам қўлланиладиган ускуналар характеристикасини, уни ўрнатишнинг ўзига хос хусусиятларини, талаб этиладиган узатиш сифатини, масалан, ҳимоя муносабатлари ва эксплуатация қилиш шарт-шароитларини. 3 Қуйидаги зоналарни фарқлаш мумкин: - ҳалақитлар мавжуд бўлмагандаги қоплаш зонаси, яъни фақат табиий ёки саноатда ҳосил бўлган шовқиндан чегараланган зона; -номинал қоплаш зонаси: у мўлжалланган узаткичларни ҳисобга олиш орқали частотавий режани ишлаб чиқишда аниқланади; - ҳақиқий қоплаш зонаси, яъни амалда мавжуд бўлган шовқин ва халақитларни ҳисобга олувчи қоплаш зонаси. 4 «Қоплаш зонаси» тушунчаси геостационар бўлмаган йўлдош бортидаги космик станциясига нисбатан бевосита қўлланилиши мумкин эмас, бунинг учун қўшимча текшириш талаб этилади. 5 «Хизмат кўрсатиш зонаси» атамаси «қоплаш зонаси» атамаси каби техник асосга эга бўлиши, шу билан бирга маъмурий жиҳатларни ҳам ўз ичига олиши керак.)

qoplash zonasi (yer usti uzatuvchi stansiyaning)

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Belgilangan xizmatning uzatish stansiyasi bilan bog‘liq va muayyan chastotali zonasi bo’lib, uning chegaralarida muayyan texnik shartlarda bitta yoki bir nechta qabul qiluvchi stansiya bilan radioaloqa o‘rnatilishi mumkin bo’ladi.

qoplash zonasi (yerdagi uzatuvchi stansiyaning) қоплаш зонаси (ердаги узатувчи станциянинг)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Belgilangan xizmatning uzatish stansiyasi bilan bog‘langan va muayyan chastotali zona. Uning chegaralarida muayyan texnik shartlarda bitta yoki bir nechta qabul qiluvchi stansiya bilan radioaloqa o‘rnatilishi mumkin. Izohlar 1. Bir nechta qoplash zonalari bir xil stansiya bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. 2. Texnik shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: uzatuvchi stansiyadagi kabi, qabul qiluvchi stansiyada ham foydalaniladigan uskuna xarakteristikalari, uni o‘rnatish xususiyatlari, talab qilinadigan uzatish sifati, masalan, himoya munosabatlari va ekspluatatsiya qilish shart- sharoitlarini. 3. Quyidagi zonalarni farqlash mumkin: - xalaqitlar bo‘lmaganda qoplash zonasi, ya’ni tabiiy yoki sanoat shovqinlari bilan kifoyalanish; - nominal qoplash zonasi: taxminiy uzatkichlarni hisobga olgan holda chastotali rejani ishlab chiqishda aniqlanadi; - haqiqiy qoplash zonasi, ya’ni amaliyotda mavjud bo‘lgan shovqinlar va xalaqitlarni hisobga olgan holda qoplash zonasi. 4.«Xizmat ko‘rsatish» atamasi «qoplash zonasi» atamasi kabi texnik asosga ega bo‘lishi kerak, lekin o‘z ichiga ma’muriy jihatlarni ham olishi kerak. (Белгиланган хизматнинг узатиш станцияси билан боғланган ва муайян частотали зона. Унинг чега-раларида муайян техник шартларда битта ёки бир нечта қабул қилувчи станция билан радиоалоқа ўрнатилиши мумкин. Изоҳлар 1. Бир нечта қоплаш зоналари бир хил станция билан боғланган бўлиши мумкин. 2.Техник шартлар қуйидагиларни ўз ичига олади: узатувчи станциядаги каби, қабул қилувчи станцияда ҳам фойдаланиладиган ускуна характеристикалари, уни ўрнатиш хусусиятлари, талаб қилинадиган узатишщ сифати, масалан, ҳимоя муносабатлари ва эксплуатация қилиш шарт- шароитларини. 3. Қуйидаги зоналарни фарқлаш мумкин: - халақитлар бўлмаганда қоплаш зонаси, яъни табиий ёки саноат шовқинлари билан кифояланиш; - номинал қоплаш зонаси: тахминий узаткичларни ҳисобга олган ҳолдан частотали режани ишлаб чиқишда аниқланади; - ҳақиқий қоплаш зонаси, яъни амалиётда мавжуд бўлган шовқинлар ва халақитларни ҳисобга олган ҳолда қоплаш зонаси. 4. «Хизмат кўрсатиш» атамаси «қоплаш зонаси» атамаси каби техник асосга эга бўлиши керак, лекин ўз ичига маъмурий жиҳатларни ҳам олиши керак. )

qora darajasi va so‘nish darajasi o‘rtasidagi tirqish (qorani belgilash)

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Televideniyeda qoraning etalon darajasi va oqning etalon darajasi o‘rtasidagi nisbat, bunda ikkalasi ham so‘nish darajasiga qarab o‘lchanadi. Odatda, foizlarda ifodalanadi.

qo‘ng‘iroqni qayta adreslash

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Abonentning raqamidan kelib tushgan qo‘ng‘iroq-larning barchasini yoki qismini istalgan boshqa (boshqa sotali, oddiy shahar, shaharlararo, xalqaro) raqamga yoki tovushli pochtaga o‘tkazish imkonini beradigan xizmat.

qo‘sh telefon raqamlari xizmati

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Bitta abonent ikkita telegon raqamini oladigan xizmat. Bitta raqam hammaga ma’lum, boshqasi abonent tomonidan cheklangan shaxslarga ma‘lum qilinadi. Birinchi raqamga nisbatan abo-nent «Chaqiruvni boshqa raqamga o‘tkazish» yo-ki «Bezovta qilinmasin» xizmatlaridan foyda-langanda, uning ikkinchi raqamini bilgan shaxslar u bilan bog‘lanishlari mumkin.

qo‘shimcha

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Eshittirish dasturini uzib qo‘yish orqali qisqacha axborot xabarini uzatish.

Показаны 25041-25060 из 34034