sovitgich-atrof muhit issiqlik qarshilik

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Atrof muhit va sovitgich o‘rtasidagi, sovitgich yuzasining atrof muhit bilan o‘zaro ta’siri (sovitkich yuzasining maydoni, unga ishlov berish sifati, joylashishi) orqali belgilanadigan issiqlik qarshilik.

sovuq emissiya

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Qattiq yoki suyuq jismlar, shuningdek, gaz razryad plazmasining tashqi elektr maydon ta’sirida elektronlar chiqarishi.

sovuq katod

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektronlarning sovuq emissiya effektidan foydalaniladigan katod.

soya hududi; qabul yo‘q hudud

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Radioko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan, yer yuzasidagi zona. Qorong‘i hududning yaqin chega-rasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish masofasida bo‘ladi, olis chegarasi esa to‘lqinlarning atmosfera refrak-siyasi musbat bo‘lganda ufq orqasiga tarqalish shart-sharoitlari bilan belgilanadi.

soyalanish

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Joy relefi va shahar imoratlarining to‘suvchi ta’siri tufayli, uzatkich va qabulqilgich o‘rtasidagi trassa-dagi sekin asta tinishlar.

soyali hudud; qabul yoq zona

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Radioko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan, yer yuzasidagi zona. Izoh − Soyali hududning yaqin chegarasi bevosita ko‘rinish masofasida bo‘ladi, olis chegarasi esa to‘lqinlarning atmosfera refraksiyasi musbat bo‘lganda ufq orqasiga tarqalish shartlari bilan belgilanadi.

sozlangan antenna (rezonans antenna)

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Yo‘naltirilgan nurlantiruvchi xususiyatlari antenna-ning ishchi chastotasiga bevosita yondashgan chastotalarning cheklangan polosasi uchun belgilanadigan tor polosali antenna.

sozlangan antenna

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Parametrlari bir ishchi chastotada qo‘yiladigan talablarga mos keladigan antenna.

sozlash sxemasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Berilgan davriy sinusoidal tebranishga sozlash uchun rostlanadigan tebranish konturi.

sozlik

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Televizor (element) ning ma’lum bir vaqtda barcha talablarga mos keladigan holati.

sozlovchi rostlash

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Sig‘im, induktivlik va qarshilikni aniq sozlash.

so‘ndirish

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Tasvir to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi signallarni, yoyish davrining maʼlum qismlarida, masalan, teskari yurish davomida bostirish.

so‘nish (susayish)ni o‘lchagich ) (сўниш (сусайиш)ни ўлчагич)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Elektr va radiotexnik qurilmalar hamda tizimlar (masalan, aloqa liniyasi) chiqishidagi quvvat, kuchlanish yoki tok kuchining ularning kirishiga nisbatan so‘nishi (susayishi) ni o‘lchash uchun mo‘ljallangan asbob. (Электр ва радиотехник қурилмалар ҳамда тизимлар (масалан, алоқа линияси) чиқишидаги қувват, кучланиш ёки ток кучининг уларнинг киришига нисбатан сўниши (сусайиши) ни ўлчаш учун мўлжалланган асбоб.)

so‘nish koeffitsiyenti

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

1. Tarqalish koeffitsiyentining haqiqiy qismi. 2. Uzatish liniyasi o‘qidagi yoki to‘lqin o‘tkaz-gichdagi ikkita nuqta o‘rtasidagi so‘nish nisbati-ning bunday masofa nolga intilgandagi, chegarasi.

so‘nish; susayish

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Signalning uzatuvchi muhit orqali o‘tishi natija-sida, quvvatining kamayishi. Signal so‘nishining asosiy sabablari radioto‘lqinlarning yutilishi va qaytishi, difraksiya va refraksiya hisoblanadi.

so‘nuvchi tebranishlar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Amplitudasi vaqt o‘tishi bilan muntazam ravishda kamayib boradigan tebranishlar.

so‘nuvchi tebranishlar generatori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tebranishlarni detektirlashda olinadigan, zaryadlar kondensatorida akkumulyatsiya keltirib chiqaradigan, tinch davrlar bilan qisqa ajratilgan tebranishlar seriyalari generatori.

so‘rov bo‘yicha video

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Videofilmlar, TV-dasturlarni qulay vaqtda so‘rash va ko‘rish.

so‘rovchi ( сўровчи)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Samolyot va kemalarni aniqlash, shuningdek, navigatsiya uchun mo‘ljallangan radiolokatsiya asbobi; uzatkich va qabul qilgichdan tashkil topgan. So‘rovchi odatda radiolokatsion aniqlash stansiyasi bilan bog‘lanadi, uning ekranida aniqlash signallari ko‘zdan kechiriladi. So‘rovchining uzatkichi kodlangan so‘rov signallarini (odatda, impulsli) nurlantiradi, ular so‘ralayotgan obyektning javob beruvchisi tomonidan qabul qilinadi. Javob beruvchi tomonidan nurlantiriladigan kodlangan javob signallari so‘rov-chining qabul qilgichi orqali qabul qilinadi. (Самолёт ва кемаларни аниқлаш, шунингдек, навигация учун мўлжалланган радиолокация асбоби; узаткич ва қабул қилгичдан ташкил топган. Сўровчи одатда радиолокацион аниқлаш станцияси билан боғланади, унинг экранида аниқлаш сигналлари кўздан кечирилади. Сўровчининг узаткичи кодланган сўров сигналларини (одатда, импульсли) нурлантиради, улар сўралаётган объектнинг жавоб берувчиси томонидан қабул қилинади. Жавоб берувчи томонидан нурлантириладиган кодланган жавоб сигналлари сўровчининг қабул қилгичи орқали қабул қилинади.)

Показаны 26181-26200 из 34034