teskari almashlash

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Simvollarni qabul qilinadigan ketma-ketlikda almashlash (operatsiya, teskari almashlash) sodir bo‘lgan raqamli signalning dastlabki tuzilmasini tiklash maqsadida o‘rin almashtirish metodi.

teskari aloqali boshqaruv

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Tizimli boshqarish usuli, robot va manipulyatorning kerakli harakatlarini ta’minlash uchun robot kontrolleriga manipulyator va datchiklardan teskari aloqa axborotini uzatish.

teskari bog‘lanish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Qandaydir jarayon natijalarining uning borishiga ta’sir etishi. Bunda agar jarayonning intensivligi oshsa, musbat teskari bog‘lanish, agar kamaysa, manfiy teskari bog‘lanish yuzaga keladi.

teskari diod

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

To‘la boshqariladigan ventilli asbob bilan komplektda foydalaniladigan va boshqaruvchi asbob to‘liq o‘chirilganda, nagruzkaning induktiv tashkil etuvchisi keltirib chiqaradigan tok oqib o‘tishini ta’minlaydigan diod.

teskari korreksiya

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Oldindan korreksiyalash bilan uzatilgan signal boshlang‘ich shaklining tiklanishi.

teskari ma’lumotlar uzatish kanali

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Ma’lumotlar xabarining oluvchisidan uning jo‘natuvchisiga bo‘lgan yo‘nalishda ma’lumotlar signali uzatiladigan ma’lumotlar uzatish kanali.

teskari o‘tish toki

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘tishda potensial to‘siq oshishiga olib keluvchi tashqi kuchlanish qo‘yilganda elektron-teshikli o‘tish orqali oquvchi tok.

teskari peleng

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Obyekt joylashgan nuqtadan radiopelengator antennasiga bo‘lgan peleng.

teskari siljish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektron-teshikli o‘tishning, musbat qutbli kuchlanish manbaini yarimo‘tkazgichning n-sohasiga, manfiy qutbli kuchlanish manbaini p-sohaga ulangan paytda yuzaga keladigan yuqori qarshilik bilan tavsiflanadigan holati.

teskari tiklanish quvvati

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Diod yoki tiristordagi teskari tiklanish quvvati-ning, zaryadning teskari tiklanish vaqti ichida zaryadlarning yo‘qolishi bilan belgilanadigan yo‘qotishlar.

teskari tiklanish toki

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Teskari tiklanish vaqt intervalida to‘plangan teskari tiklanish zaryadining tarqalishi keltirib chiqaradigan diod toki.

teskari tiklanish zaryadi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘tkazuvchi holatda diod (tiristor) to‘plagan va uni ochiq holatda berilgan tokdan berilgan teskari kuchlanishga almashlab ulashda elektr zanjirga uzatiladigan to‘liq zaryad.

teskari yo‘nalishda o‘tkazadigan diodli tiristor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Teskari kuchlanishda almashlab ulanmaydigan, balki qiymati bo‘yicha ochiq holatdagi to‘g‘ri kuchlanish bilan solishtiriladigan kuchlanishlarda katta toklarni o‘tkazadigan diodli tiristor.

teskari yo‘nalishda o‘tkazadigan triodli tiristor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Teskari yo‘nalishda almashlab ulanmaydigan, balki nuqtalarni, qiymati bo‘yicha ochiq holatdagi to‘g‘ri kuchlanish bilan solishtiriladigan kuchlanishlarda o‘tadigan triodli tiristor.

teskari yo‘nalishda o‘tkazmaydigan triodli tiristor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Teskari kuchlanishda almashlab ulanmaydigan, balki teskari o‘tkazmaydigan holatda bo‘ladigan triodli tiristor.

teskari yo‘nalishda o‘tkazmaydigan diodli tiristor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Teskari kuchlanishda almashlab ulanmaydigan, balki teskari o‘tkazmaydigan holatda bo‘ladigan diodli tiristor.

teskari yo‘qotishlar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Teskari kuchlanishning qo‘yilishi keltirib chiqaradigan yo‘qotishlar.

teskari yurish intervali

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Tasvirni qayta tiklash uchun foydalanilmaydigan, yoyish yo‘nalishiga mos tushuvchi interval.

teskari yurish vaqti

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Og‘diruvchi maydonlar uzatuvchi va qabul qiluvchi trubkalar nurlarini satr oxiridan keyingi satr boshiga va oxirgi satrdan birinchisiga siljitadigan satr va kadr bo‘yicha yoyish davrining bir qismi.

Показаны 27341-27360 из 34437