xizmat ko‘rsatish zonasi (хизмат кўрсатиш зонаси)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Muayyan texnik shartlarda belgilangan xizmat stansiyasi va muayyan chastota bilan bog‘langan, mavjud yoki rejalashtiriladigan stansiyalar bilan radioaloqa o‘rnatish mumkin bo‘ladigan va uning chegaralarida chastotaviy o‘zlashtirish yoki ajratish rejasi yoki boshqa har qanday kelishuv bilan belgilanadigan himoyaga amal qilinishi lozim bo‘lgan zona. Izoh – Texnik shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ham uzatish stansiyalarida, ham qabul qilish stansiyalarida qo‘llaniladigan uskunaning xarakteristikalari, uni o‘rnatish xususiyatlari, talab etiladigan uzatish sifati va ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlari. (Муайян техник шартларда белгиланган хизмат станцияси ва муайян частота билан боғланган, мавжуд ёки режалаштириладиган станциялар билан радиоалоқа ўрнатиш мумкин бўладиган ва унинг чегараларида частотавий ўзлаштириш ёки ажратиш режаси ёки бошқа ҳар қандай келишув билан белгиланадиган ҳимояга амал қилиниши лозим бўлган зона. Изоҳ – Техник шартлар қуйидагиларни ўз ичига олади: ҳам узатиш станцияларида, ҳам қабул қилиш станцияларида қўлланиладиган ускунанинг характеристикалари, уни ўрнатиш хусусиятлари, талаб этиладиган узатиш сифати ва эксплуатация қилиш шарт-шароитлари.)

xizmat ko‘rsatuvchi mobil robot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Xizmat ko‘rsatish yuzasidan odamlar bilan hamkor-likdagi (masalan, obyektlar joyini o‘zgartirish yoki axborot almashish) vazifalarni bajarish maqsadida harakatlana oladigan robot.

xizmat ko‘rsatuvchi robot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Inson yoki uskunalar uchun zarur bo‘lgan ishni bajaradigan robot, sanoatni avtomatlashtirish maqsa-dida qo‘llanilishi bundan mustasno.

xizmatga oid hisobga olish ma’lumotlari

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Hisobga olish predmetlariga taalluqli bo‘lmagan va faqat hisobga olishni yuritish funksiyalarining amal-ga oshirilishi bilan bog‘liq holda to‘planadigan, qay-ta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar.

xizmatga oid parvoz vaqti

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Tashqi ekipaj a’zosi, parvozni yoki parvozlar se-riyasini bajarishni o‘z ichiga oladigan xizmat majbu-riyatlarini bajarish uchun kelishi shart bo‘lgan ondan boshlab va tashqi ekipaj a’zosi xizmat vazifalarini bajarishni tugatgan onigacha bo‘lgan vaqt davri.

xizmatlar to‘g‘risidagi axborot

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Qabulqilgichlarni sozlash uchun zarur bo‘lgan eshittirish oqimlari, dasturlari va boshqa parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallarning jami.

xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

«Abonent-Tarmoq» tutashishlari o‘rtasida raqamli ulanishni ta’minlaydigan xizmatlari integratsiyalashgan tarmoq. Izoh – Xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq telefon aloqa, ma’lumotlar uzatish kabi turli xizmatlar uchun bog‘lanishlarni o‘rnatishda foydalaniladigan umumiy raqamli kommutatorlarga va raqamli traktlarga ega bo‘ladi

xizmatlarni taqdim etuvchi

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Foydalanuvchilarga o‘z telekommunikatsiyalar tarmog‘idan erkin foydalanishni taqdim etuvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatori.

xodimlarni boshqarish

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Tashkilotni, o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini bajarishga qodir sifatli xodimlar bilan ta’minlashga va undan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan ama-liy faoliyat va bilimlar sohasi. Xodimlarni boshqa-rish sifatli, tashkilotni boshqarish tizimlarining ajral-mas qismidir.

Xoll datchigi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Xoll effekti asosida, ya’ni magnit maydonida joylashtirilgan tokli o‘tkazgich plastinkasida ham tokning yo‘nalishiga, ham magnit maydon yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan elektr maydonning yuzaga kelishi asosida tashqi magnit maydon induksiyasini elektr kuchlanishga aylantiruvchi yarimo‘tkazgichli asbob.

Xoll o‘zgartirgichi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Xoll effekti asosida ishlaydigan yarimo‘t-kaz-gichli asbob. Konstruktiv jihatdan tok o‘tkazuv-chi va elektr yurituvchi kuch oluvchi to‘rt elek-trodli dielektrikdan qilingan mustahkam to‘sha-madagi yupqa yarimo‘tkazgich plastina yoki kremniy, germaniydan tayyorlangan plyonkani o‘zida ifodalaydi.

xost (uzel, bosh kompyuter)

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Tarmoqda nafaqat ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha vazifalarni, balki amaliy dasturlarning ishi bilan bog‘liq bo‘lgan, ayrim boshqa vazifalarni ham bajaradigan kompyuter. O‘z axborotlari va hisoblash resurslarini terminallarga taqdim etadi.

Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olish

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Ba’zi apparat qurilmalari tomonidan ma’lumotlar almashinuvi bevosita ushbu ishga markaziy protsessorni jalb qilmasdan ro‘y beradigan, tezkor xotiraga (yoki undan) ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan texnologiya.

xotirlovchi elektron- nurli trubka

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Axborotni yozish, saqlash, o‘zgartirish va o‘qish yoki aks ettirish uchun mo‘ljallangan el-ektron-nurli asbob.

xotirlovchi elektron- nurli trubkaning o‘qish tezligi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘qish paytida nurning xotirlovchi elektron- nurli trubka nishoni bo‘ylab siljishining chiziqli tezligi.

xotirlovchi elektron- nurli trubkaning tasvirni qayta tiklash vaqti

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Xotirlovchi elektron-nurli trubka ekranida bir marta yozilgan signal tasvirini kuzatish mumkin bo‘lgan maksimal vaqt.

xotirlovchi elektron- nurli trubkaning to‘yinish darajasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yozish yoki o‘qish vaqtida xotirlovchi elektron-nurli trubkaning chiqish signalini yanada oshirish mumkin bo‘lmaydigan daraja.

xotirlovchi elektron-nurli trubkaning so‘nish vaqti

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Xotirlovchi elektron-nurli trubkada to‘plangan axborot ma’lum bir darajaga tushgungacha o‘tadigan vaqt.

xotirlovchi elektron-nurli trubkaning yozish tezligi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yozish paytida nurning xotirlovchi elektron-nurli trubka nishoni bo‘ylab siljishining chiziqli tezligi.

Показаны 27781-27800 из 34034