yer usti va havo retranslyatsiyasi

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Yer usti va havo retranslyatsiya punktlari orqali o‘tadigan radiorele aloqa.

Yerning ekvivalent radiusi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Gipotetik sferik Yer radiusi, uning uchun gorizont-gacha bo‘lgan masofa radioto‘lqinlarning to‘g‘ri liniyali taxminiy tarqalishi sinishi koeffitsiyentining doimiy vertikal gradiyentiga ega atmosfera bilan o‘ralgan faktik Yer uchun gorizontgacha bo‘lgan masofadagi kabi hisoblanadi.

Yerning sun’iy yo‘ldoshi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yer atrofiga chiqarilgan va Yer atrofini kamida bir marta aylanib chiqqan kosmik apparat

yetakchi signallar

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Televideniyeda – uzatiladigan sahna optik tasvirini elektr signallariga aylantirish joyida yoyish maydoni yoki satr boshlanish vaqtini boshqaruvchi signallar

yetaklanadigan invertor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tokning bir ventildan boshqasiga davriy o‘tishi tashqi manbaning o‘zgaruvchan kuchlanishi ta’sirida amalga oshiriladigan, o‘zgarmas (o‘zgaruvchan) tok o‘zgartirgichi.

yetaklanadigan invertorning kirish xarakteristikasi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yetaklanadigan invertorning o‘zgarmas toki tomonidagi kuchlanish o‘rtacha qiymatining, boshqarish parametrlari o‘zgarmas bo‘lganda olingan kirish tokining o‘rtacha qiymatiga bog‘liqligi.

yetkazib beruvchisi tashab-busi bilan ko‘rsatiladigan xizmat

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Servis yetkazib beruvchisi tomonidan generatsiya qilinadigan xizmat.

yig‘ish texnologik jarayonining sifati

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Belgilangan xarajatlarni oshirmasdan va mahsulotni talab qilinadigan sifatda ishlab chiqarish dasturini bajarishni ta’minlay olishini asoslaydigan yig‘ish texnologik jarayoni xususiyatlarining jami.

yig‘uvchi robot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Alohida detallar va elementlardan iborat agregatlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan robotlar. Ularning asosiy vazifasi – ulanishi, o‘rnatilishi va biriktirilishi. Detallarning bir-biriga nisbatan joylashtirishning aniqligi eng muhim talabi bo‘lib hisoblanadi.

yilning eng yomon soati

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Radioto‘lqinlar tarqalishi trassasida mumkin bo‘lgan maksimal yo‘qotishlar davri. Izoh − Troposfera va ionosfera aloqa liniyalari uchun zaxira vaqtini tanlashda hisobga olinadi.

yog‘inlarda sochilish hisobiga tarqalish

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Gidrometeor zarrachalar, asosan, yomg‘ir keltirib chiqaradigan sochilish hisobiga troposferada tarqa-lish.

yog‘inlarda sochilish hisobiga tarqalish

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Gidrometeor zarrachalar, asosan, yomg‘ir keltirib chiqaradigan sochilish hisobiga troposferada tarqalish

yomg‘ir vaqtidagi qutbsizlanish ( ёмғир вақтидаги қутбсизланиш)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Yomg‘ir tomchilarining shakli nosferik bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan, atmosfera yog‘inlarida radioto‘lqinlar qutblanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan effekt. Radioto‘lqinlar gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining tarqalish bir xil bo‘lmasligi natijasida amplituda va faza siljishida tafovut paydo bo‘ladi, bu esa qabul qilish nuqtasida krossqutblanish komponenti paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. (Ёмғир томчиларининг шакли носферик бўлиши туфайли юзага келадиган, атмосфера ёғинларида pадиотўлқинлар қутбланишининг ўзгариши билан боғлиқ бўлган эффект. Pадиотўлқинлар горизонтал ва вертикал ташкил этувчиларининг тар-қалиш бир хил бўлмаслиги натижасида ампли-туда ва фаза силжишида тафовут пайдо бўлади, бу эса қабул қилиш нуқтасида кроссқутбланиш компоненти пайдо бўлишига сабаб бўлади.)

yon chastota

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yon polosa spektral tashkil etuvchisining chastotasi

Показаны 27861-27880 из 34034