ajratilgan kanal (ажратилган канал )

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Foydalanuvchilarning ma’lum guruhiga biriktirilgan kanal (trankingli tizimlarda). (Фойдаланувчиларнинг маълум гуруҳига бирикти-рилган канал (транкингли тизимларда).)

aks sado to‘sgich

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

To‘siqdan qaytgan signallar hodisasi bilan bog‘-liq bo‘lgan takrorlanadigan tasvirlarni susaytirish uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma.

aktuallashtirish (ma’lumotlarni)

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Ma’lumotlarni aktual holatda saqlab turish, ya’ni ularni predmet sohaning aks ettiriladigan obyektlari-ning holati bilan muvofiqlikka keltirish. Aktuallash-tirish yozuvlar qo‘shish, ularni chiqarib tashlash, shuningdek, tahrir qilish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi.

akustik yuza to‘lqinlar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Qattiq jismning erkin yuzasi bo‘ylab yoki qattiq jismning boshqa muhit bilan chegarasi bo‘ylab tarqaladigan va chegaradan uzoqlashgan sari so‘nib boradigan akustik to‘lqinlar. Vertikal va gorizontal qutblanishga ega akustik yuza to‘lqin-lar mavjud.

akvadag

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektrovakuum asboblarning ichki va tashqi elementlarida yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka (3·10-3 Ω-1 сm-1 gacha) ega bo‘lgan qoplamlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan kolloid-grafitli preparat.

almashlab ulagich diod

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

To‘g‘ri siljishda signal chastotasida past qarshilikka, teskari siljishda yuqori qarshilikka ega bo‘lgan, signal quvvati darajasini boshqarish uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkazgichli diod.

almashlab ulagich matritsa

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Ustun va satrlari ba’zi bir kesishish joylarida rezistor, yarimo‘tkazgichli diod, ferrit o‘zak va shu kabi elementlar orqali ulangan simlardan tuzilgan, to‘g‘ri burchakli matritsa ko‘rinishidagi kontaktsiz almashlab ulovchi qurilma.

almashlab ulash energiyasi yo‘qotishlari

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Muayyan chastota bilan keladigan almashlab ulashlar paytidagi kommutatsion yo‘qotishlar energiyasi.

aloqa yo‘qolishining pasayishi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

«Uyga qaytish» ga dasturlash yo‘li bilan erishiladi.

aloqa, bog‘lanish

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Texnik vositalar yordamida xabarlarni (axborotni) uzatish va qabul qilish. Uzatish qurilmalari, aloqa uzellari va kanallarining tarmoqlarini o‘z ichiga oladi.

aloqaning uzoqligi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Qabulqilgich va uzatkich o‘rtasida berilgan sifat bilan axborot almashinuvi ta’minlanadigan maksimal masofa. Izoh – Chastotaga, qabulqilgich va uzatkich antennaning yer sathidan joylashish balandligiga, uzatkich quvvati va qabulqilgichning sezgirligiga, antenna-fider qurilmalarining effektivligiga bog‘liq.

aloqaning yo‘qolishi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Boshqaruv va nazorat liniyasining masofadan bosh-qariladigan havo kemasi bilan bog‘lanishlarining yo‘qolishi.

amaliy dasturlash interfeysi

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Ilova yoki operatsion tizim tashqi dasturiy mahsu-lotlarda foydalanish uchun taqdim etadigan tayyor klasslar, protseduralar, funksiyalar, strukturalar va konstantalar to‘plami.

antenna (UBUA uchun)

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatining joylashgan o‘rnini kuzatadigan har tomonga yo‘nal-tirilgan qabul qiluvchi-uzatuvchi antenna-fider quril-masi. Antennaning ixcham o‘lchamlari uni standart mikroavtobusda tashish va transport vositasi bazasida yoyishni amalga oshirishga imkon beradi.

antenna counterpoise

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

antenna counterpoise

antenna elementi (антенна элементи)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Birlamchi yoki ikkilamchi nurlatkich. (Бирламчи ёки иккиламчи нурлаткич.)

antenna panjarasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Ma’lum tartibda joylashtirilgan, berilgan yo‘nalgan-lik diagrammasini olish uchun mo‘ljallangan va qo‘zg‘atilgan, nurlantiradigan elementlarning to‘pla-midan iborat antenna.

Показаны 261-280 из 34034