yuqori chastotali kabel

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Elektromagnit energiyani yuqori chastotalarda kichik yo‘qotishlar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan kabel.

yuqori chastotali titrash

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Signal impulslari frontining taktli chastota signaliga nisbatan tasodifiy siljishi.

yuqori elliptik orbita (yo‘ldoshning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshning ellips shaklidagi aylanish orbitasi, uning fokuslaridan birida Yer markazi joylashadi va uning o‘qlari yulduzlarga nisbatan ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi. Izoh – «Molniya» yo‘ldoshlari yuqori elliptik orbitasining apogey balandligi 40000 km ga yaqin, perigey balandligi 500 km, ekvator tekisligiga og‘ishi 63,4° ga teng

yuqori garmonikalar filtrining reaktori

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Normalanadigan parametrlari filtrlanadigan tok chastotasi, kuchlanish va nominal quvvat bo‘l-gan kuch filtrlarida va tarmoq konditsionerlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan elektr reaktor.

yuqori garmonikalar

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tok yoki kuchlanish vaqtli bog‘lanishlarini asosiy (birinchi) yoyish chastotasi bilan Furye qatoriga yoyishda ajratiladigan sinusoidal funksiyalar.

yuqori intensiv optik nurlanishning impulsli gaz-razryadli manbai

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yuqori intensiv optik nurlanishning impulsli rejimda ishlaydigan gaz-razryadli manbai.

yuqori sifatli keng polosali videokonferensaloqa xizmatlari

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Ikkita yoki undan ortiq punkt o‘rtasida konferens-aloqani ta‘minlash uchun turli axbo-rotni, jumladan, avvalo nutq (tovush), oddiy vid-eofilmlar, harakatdagi tasvirlar va qo‘shimcha ravishda, videoskanlaydigan harakatsiz tasvirlar, hujjatlar hamda boshqa videoaxborotni yuqori si-fatli uzatish bilan abonent-abonent yoki guruh-guruh (abonentlar) aloqa imkoniyatini ta’minlaydigan xizmatlar.

yuqori sifatli keng polosali videotelefoniya xizmati

Словарь терминов по телекоммуникационным услугам Русско-узбекский толковый словарь терминов по телекоммуникационным услугам

Real vaqtda yuqori sifatli nutq (tovush), harakatdagi tasvirlar va qo‘shimcha ravishda, videoskanlaydigan harakatsiz tasvirlarni uzatish bilan ikkita abonent-abonent punktlari o‘rtasida aloqani ta’minlaydigan simmetrik ikki tomonlama audiovizual xizmatlar.

yuqori tezlikdagi raqamli abo-nent liniyasi texnologiyala-rining turkumi

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

DSL standartining protokollar majmui, unda «x» simvoli o‘rniga DSL (ADSL, HDSL, SDSL) standartining quyi turini belgilaydigan harflardan istalganini qo‘yish mumkin

yuqori voltli tranzistor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Bipolyar tranzistor uchun kollektor o‘tishning yoki maydon tranzistori uchun kirish-zatvor o‘tishning yo‘l qo‘yiladigan teskari kuchlanishi kamida 200 V bo‘lgan tranzistor.

yuridik shaxs

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Alohida mulkka ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari yuzasidan javob beradigan, o‘z nomidan fuqarolik huquqlarini amalga oshiradigan va oladigan, fuqaro-lik majburiyatlarini ko‘taradigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘ladigan tashkilot.

yuritmali mexanizm

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Kichik aylanadigan momentli yuqori tezlikda ayla-nishni katta aylanadigan momentli past tezlikdagi aylanishga o‘zgartiruvchi reduktor. Uning, odatda, robotning katta o‘qlarida (bo‘g‘inlarida) va kichik o‘qlar uchun foydalaniladigan cyclo drive, rotary vector drive (RV) kabi turlari farqlanadi.

yutilish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

To‘lqin energiyasining masalan, to‘lqin issiqlik ko‘rinishida tarqaladigan muhitda sochilishi.

yutuvchi modda

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tushayotgan radioto‘lqinlarni yutish xossasiga ega bo‘lgan modda.

zanjir

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Zvenolar (asl ma’noda – metall halqalar) deb nomlanadigan bir xil qattiq qismlardan tashkil topgan, ketma-ket ravishda bog‘langan mahsulot, konstruksiya.

zarbli ionlanish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Atom yoki molekulalardan, ular boshqa zarralar (elektronlar, atomlar, ionlar) bilan to‘qnashganda musbat ionlar va erkin elektronlarning hosil bo‘lishi.

zarbli qo‘zg‘alish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Tashqi manbadan to‘satdan energiya uzatilganda tizimda erkin tebranishlarning yuzaga kelishi.

zarur polosa kengligi

Словарь по радиорелейным системам Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиорелейным системам

Axborotni ma’lum sharoitlarda zarur bo‘lgan te-zlik va sifat bilan uzatishni ta’minlash uchun berilgan nurlanish klassida chastotalar polosasining yetarli bo‘lgan kengligi.

Показаны 28001-28020 из 34034