xavfsizlik kontrolleri

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Sanoat robototexnikasida – robot yonida turgan va/yoki ishlayotgan odamlarning xavfsizligini ta’minlaydigan kichik tizim.

xavfsizlikni hisobga olib nazorat qilinadigan tezlik

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Xavfsizlikni hisobga olish funksiyasi, bunda yo koordinatalarning dekart tizimidagi nuqta tezligi (masalan, asbobning markaziy nuqtasi) robot flanetsiga nisbatan, yo bir yoki undan ko‘p harakat bosqichlari tezligi berilgan chegaraviy qiymatdan oshganda himoya to‘xtatishini amalga oshiradi.

xavfsizlikni hisobga olib nazorat qilinadigan to‘xtash

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Robot ta’minotga ulangan yuritmalar bilan to‘xta-tiladigan, bu vaqtda nazorat tizimi berilgan xavfsiz-lik xarakteristikalari bilan robotning harakatlanma-sligini ta’minlaydigan holat.

xizmat kanali

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Texnik tavsiflar, texnik xizmat ko‘rsatish yoki xizmat axboroti almashinuvini tekshirish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar uzatish kanali yoki nutq kanali. Yo‘ldoshli aloqada bunday kanal yer usti stansiyalari va boshqaruv markazlari o‘rtasida tashkil qilinadi.

xizmat ko‘rsatish klassi

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar turini tavsiflaydigan ko‘rsatkich. Izoh – Xizmat ko‘rsatish klassiga ajratiladigan uchta asosiy belgi: axborotni uzatish tezligi, yetkazish tezligi (ustuvorlik) va bog‘lanish rejimi (kanallar yoki paketlar kommutatsiyasi, sinxron yoki asinxron) mavjud.

Xizmat ko‘rsatish klassiga mu-vofiq paketlarni marshrutlash

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Tarmoq ma’muri turli ustuvorlikka ega bir nechta navbatni yaratishi mumkin bo‘lgan marshrutlash metodi.

xizmat ko‘rsatish sifati

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

1.Tarmoq texnologiyalaridan, aloqa protokollaridan va tarmoq o‘lchamlaridan qat’i nazar, Internet foydalanuvchilariga va korporativ tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga IETF tomonidan belgilangan talablar tizimi. 2. Iste’molchining talablarini qondirish qobiliyatini belgilaydigan xizmatlar tavsifinining jami.

xizmat ko‘rsatish turi

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

IP-deytagrammaning, deytagrammadan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatuvchi maydoni

xizmat ko‘rsatish uzeli interfeysi

Словарь по сетям передаче данных Русско-узбекский толковый словарь терминов по сетям передачи данных

Iste’molchining xizmat ko‘rsatish uzelidan foydalanishini ta’minlaydigan interfeys.

xizmat ko‘rsatish zonasi (yo‘ldosh retranslyatorining), yo‘ldosh osti zonasi (хизмат кўрсатиш зонаси (йўлдош ретрансляторининг), йўлдош ости зонаси)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Yo‘ldoshli aloqa tarmog‘iga kiradigan yer ustidagi stansiyalar joylashgan yoki joylashtirilishi mumkin bo‘lgan geografik zona. (Йўлдошли алоқа тармоғига кирадиган ер устидаги станциялар жойлашган ёки жойлаштирилиши мумкин бўлган географик зона.)

xizmat ko‘rsatish zonasi (хизмат кўрсатиш зонаси)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Muayyan texnik shartlarda belgilangan xizmat stansiyasi va muayyan chastota bilan bog‘langan, mavjud yoki rejalashtiriladigan stansiyalar bilan radioaloqa o‘rnatish mumkin bo‘ladigan va uning chegaralarida chastotaviy o‘zlashtirish yoki ajratish rejasi yoki boshqa har qanday kelishuv bilan belgilanadigan himoyaga amal qilinishi lozim bo‘lgan zona. Izoh – Texnik shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ham uzatish stansiyalarida, ham qabul qilish stansiyalarida qo‘llaniladigan uskunaning xarakteristikalari, uni o‘rnatish xususiyatlari, talab etiladigan uzatish sifati va ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlari. (Муайян техник шартларда белгиланган хизмат станцияси ва муайян частота билан боғланган, мавжуд ёки режалаштириладиган станциялар билан радиоалоқа ўрнатиш мумкин бўладиган ва унинг чегараларида частотавий ўзлаштириш ёки ажратиш режаси ёки бошқа ҳар қандай келишув билан белгиланадиган ҳимояга амал қилиниши лозим бўлган зона. Изоҳ – Техник шартлар қуйидагиларни ўз ичига олади: ҳам узатиш станцияларида, ҳам қабул қилиш станцияларида қўлланиладиган ускунанинг характеристикалари, уни ўрнатиш хусусиятлари, талаб этиладиган узатиш сифати ва эксплуатация қилиш шарт-шароитлари.)

xizmat ko‘rsatuvchi mobil robot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Xizmat ko‘rsatish yuzasidan odamlar bilan hamkor-likdagi (masalan, obyektlar joyini o‘zgartirish yoki axborot almashish) vazifalarni bajarish maqsadida harakatlana oladigan robot.

xizmat ko‘rsatuvchi robot

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Inson yoki uskunalar uchun zarur bo‘lgan ishni bajaradigan robot, sanoatni avtomatlashtirish maqsa-dida qo‘llanilishi bundan mustasno.

xizmatga oid hisobga olish ma’lumotlari

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Hisobga olish predmetlariga taalluqli bo‘lmagan va faqat hisobga olishni yuritish funksiyalarining amal-ga oshirilishi bilan bog‘liq holda to‘planadigan, qay-ta ishlanadigan va saqlanadigan ma’lumotlar.

xizmatga oid parvoz vaqti

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Tashqi ekipaj a’zosi, parvozni yoki parvozlar se-riyasini bajarishni o‘z ichiga oladigan xizmat majbu-riyatlarini bajarish uchun kelishi shart bo‘lgan ondan boshlab va tashqi ekipaj a’zosi xizmat vazifalarini bajarishni tugatgan onigacha bo‘lgan vaqt davri.

xizmatlar to‘g‘risidagi axborot

Cловарь по телевидениию после НК 9.06.14 Русско-узбекский толковый словарь терминов по телевидению

Qabulqilgichlarni sozlash uchun zarur bo‘lgan eshittirish oqimlari, dasturlari va boshqa parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallarning jami.

Показаны 28361-28380 из 34437