Aktyuator

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Pozitsioner yordamida antennani turli  yo‘ldoshlarga yo‘naltirish uchun elektr motori va yuritma.

Aloqa liniyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Ajratilgan aloqa kanali, uning yordamida navigatsiya yo‘ldoshli tizimlar va ularning funksional qo‘shimchalari tarkibiga kiruvchi segmentlar o‘rtasida axborot almashinuvi ta’minlanadi.

Aniq efemeridlar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

NSYning haqiqiy harakatini tavsiflovchi trayektoriya o‘lchovlari o‘tkazilgandan keyin olinadigan orbitadagi NSYning joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Antennani yo‘naltirish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Antennani burish tartibi, bunda antenna yuzasidagi maxsus belgi (o‘q) shimolga yo‘naltiriladi.

Izoh – Ushbu protsedura nisbiy o‘lchovlar xatosini kamaytirish imkonini beradi

Antipod yo‘ldoshlar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Doiraviy yoki elliptik orbitadagi, uning qarama-qarshi nuqtalarida joylashgan yo‘ldoshlar

Apogey balandligi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yer yuzasini ifodalashga xizmat qiladigan ma’lum gipotetik etalon sirt ustidagi apogey balandligi

Astronomik-geodeziya tarmog‘i

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bir-biridan 70-100 km masofada joylashgan yer yuzasidagi o‘zaro bog‘langan tayanch nuqtalar tizimi. Tarmoq qurilishi astronomik va geodeziya metodlari bilan amalga oshiriladi

Astronomik-geodeziya va gravimetrik ma’lumotlar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Fundamental geodeziya parametrlari, butun yer ellipsoidining parametrlari va milliy referents-ellipsoidlar, Yerning tortishish maydoni modelining umumiy nomi. Ular Yerni xaritalashtirish, qo‘shinlarning jangovar tartiblarini bog‘lash, navigatsiya, ballistik raketalar va kosmik uchish apparatlari trayektoriyalarini hisoblash uchun asos hisoblanadi

Atmosfera yutishi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yutilish tufayli signalning zaiflashishi; uzatiladigan radiochastota energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish. Yutilish koeffitsiyenti – bu ma’lum bir muhitdan o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan energiyani yutish natijasida yuzaga keladigan zaiflashish o‘lchovidir

Avtofokus

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Antennani signalning maksimal darajasi bo‘yicha avtomatik sozlash funksiyasi

Avtomatik mo‘ljalga oladigan antenna

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Uzluksiz aloqani ta’minlash uchun yo‘ldoshning harakatini avtomatik ravishda kuzata oladigan antenna

Avtonom yo‘ldoshli terminal

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Foydalanuvchilarga yerdagi tarmoqqa ulanish zaruratisiz yo‘ldoshli aloqaga ega bo‘lish imkonini beruvchi portativ qurilma

Azimut

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Oldindan tanlangan yo‘nalish (masalan, shimoliy) va berilgan predmetga yo‘naltirish o‘rtasidagi hisoblangan gorizontal burchak

Bilvosita taqsimlash

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Radioeshittirish dasturlarini bir yoki bir necha manbadan turli yer stansiyalariga keyinchalik yer usti radioeshittirish stansiyalariga taqsimlash uchun turg‘un yo‘ldoshli xizmatning yo‘ldoshli liniyasidan foydalanish

Bort retranslyatori (yo‘ldoshli tizimning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Signallarni retranslyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kosmik stansiya uskunasi.

Izoh – Antenna tizimi bu uskunaga kirmaydi.

Banklar uchun yo‘ldoshli aloqa

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Banklar va boshqa moliya muassasalari o‘rtasida xavfsiz aloqani ta’minlash va moliyaviy ma’lumotlarni uzatish uchun sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanish

Bazaviy liniya vektori

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bir seans davomida amalga oshirilgan yo‘ldoshli kuzatuvlarning o‘zaro bog‘langan nuqtalari orasidagi fazoviy koordinatalar o‘sishining uch o‘lchamli vektori

Bazaviy vektor

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshli qabul qilgichlarning antennalari o‘rnatilgan ikkita nuqta orasidagi fazoviy vektor

Показаны 3301-3320 из 34437