Bazaviy (geodezik) stansiya

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Koordinatalari na’lum bo‘lgan nuqtada o‘rnatilgan va qo‘shimcha radiokanal yordamida harakatdagi (ko‘chiriladigan) qabul qilgichlarga differensial tuzatishlarni uzatuvchi qabul qilgich

Belgilangan chastota diapazoni

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Radioaloqa stansiyasining nurlanishiga ruxsat berilgan chastotalar diapazoni

Bevosita televizion
eshittirish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Televizion dasturlarni tegishli qabul qiluvchi terminallar yordamida yo‘ldoshdan qabul qilish

Bir chastotali qabul qilgich

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

L1 chastotasida sun’iy yo‘ldoshdan axborotni qabul qiluvchi qabul qilgich

Bir tizimli qabul qilgich

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Faqat bitta GNYT tizimida ishlaydigan qabul qilgich

Bir tomonlama yo‘ldoshli Internet

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Javob kanallari sifatida yo‘ldoshli kanallar va so‘rovlar kanali sifatida yer usti (radio, GPRS yoki boshqa) kanallar yordamida Internetdan foydalana olishni tashkil qilish

Birikish qurilmasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Qurilmalar o‘rtasida navigatsiya axboroti bilan almashish imkoniyatini ta’minlaydigan elektron zanjirlar

Birinchi farqlar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Ma’lumotlarni qayta ishlash metodi, bunda sun’iy yo‘ldoshdagi soat ko‘rsatkichlarining ketishini istisno qilish va atmosfera ta‘sirini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida bitta sun’iy yo‘ldoshni ikkita qabul qilgich tomonidan kuzatilganda fazaviy o‘lchash farqlari olinadi

Birlamchi jism (yo‘ldoshga nisbatan)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Birinchi navbatda yo‘ldosh harakatini aniqlashga jalb etilgan jism

Birlashtirilgan to‘lqin uzunligi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Chastotasi ikkita boshlang‘ich tashuvchi chastotalarning chiziqli birikmasi bilan hosil bo‘lgan to‘lqin uzunligi, masalan, L1 va L2, statik natijalarni qayta ishlashda foydalaniladi

Blokcheynga asoslangan yo‘ldoshli aloqa

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshli aloqada xavfsizlik va shaffoflikni ta‘minlash uchun blockchain texnologiyasidan foydalanish.

Bort efemeridlari

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

O‘lchov axboroti tarkibida uzatiladigan, NSYning orbitadagi joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Izoh – Bort efemeridlari boshqaruv segmenti tomonidan amalga oshiriladigan va sutkasiga bir necha marta sun’iy yo‘ldoshlarga yuklangan o‘lchovlarni qayta ishlash natijasi hisoblanadi

Bort retranslyatorining stvoli

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Foydalaniladigan yo‘ldoshli xizmat uchun ajratilgan chastotalar diapazonining maʼlum chastotalar polosasida ishlaydigan bort retrans-lyatori qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura-sining qismi.

Bort aloqa apparaturasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Sun’iy yo‘ldosh parvozi uchun zarur bo‘lgan radio signallarining takrorlanishini ta’minlash uskunasi

Boshqariladigan  yo‘ldosh nuri

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yo‘ldosh antennasining nuri.

Bulutli masshtablashtirish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Sun’iy yo‘ldosh bulutli platformasining joriy yuklanish va foydalanuvchi ehtiyojlariga qarab hisoblash resurslarini avtomatik ravishda oshirish yoki kamaytirish imkonyati.

Butunjahon muvofiqlashtirilgan vaqt

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi va Xalqaro Yer aylanish xizmati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va standart chastotalar hamda vaqt signallarining muvofiqlashtirilgan tarqalishi uchun asos bo‘lgan vaqt shkalasi.

Показаны 3321-3340 из 34437