Chastotalar polosalari;  chastotalar kichik diapazoni

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Spektrning, berilgan chegaralarda yotuvchi qismi, ko‘pincha “band” atamasi L-, S-, C-, X-, Ku-,
Ka-, E- va W-
harflari bilan birgalikda yerdagi va yo‘ldoshli telekommunikatsiya xizmatlari uchun ajratilgan chastotalar polosasini qisqacha ifodalashda foydalaniladi

Chastotalardan takroran foydalaniladigan yo’ldoshli tarmoq

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldosh bitta chastotalar polosasidan bir necha marta antennani qutbiy yoyish vositasida yoki bir nechta antenna nuri, yoki ham unisining, ham bunisining yordamida foydalanadigan yo‘ldoshli tarmoq

Chiqarilgan yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Orbitaga chiqarilgan, lekin hali ekspluatatsiya qilishga topshirilmagan yo‘ldosh

Chiquvchi liniyasi

(retranslyatorning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldosh retranslyatoridan abonentgacha bo‘lgan liniya

Dastlabki punkt

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Koordinatalari talab qilinadigan aniqlik bilan ma’lum bo‘lgan punkt

Davr

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldosh orbitaning ma’lum bir nuqtasida bo‘lgan vaqt payti

Demodulyatsiya

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Modulyatsiya jarayonida tashuvchi to‘lqinga uzatiladigan axborotni olish jarayoni. Demodulyatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri xatolarni tuzatish bilan birga boshlang‘ich signal yoki uzatilgan ma’lumotlarni yuqori aniqlik darajasida (bitli xatolarining juda past koeffitsienti bilan) tiklashga qaratilgan

Dengiz radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yer stansiyalari dengiz kemalari bortiga o‘rnatilgan radionavigatsiya yo‘ldoshli xizmati.

Differensial tuzatishlar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Kema joylashgan joyning koordinatalarini aniqlash aniqligini oshirish uchun nazorat-tuzatish stansiyalari tomonidan uzatiladigan tuzatish axboroti

Differensial joylashishni aniqlash

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bazaviy, tayanch, nazorat-tuzatish yoki referents-stansiya deb nomlangan ma’lum ko-ordinatlar bilan stansiyaga o‘rnatilgan boshqa qabul qilgichdan olingan ma’lumotlar bo‘yicha yo‘ldoshli qabul qilgichning koordinatalarini aniqlashtirish orqali ularni belgilash usuli

Differensial o‘lchovlar (sun’iy yo‘ldoshga oid ta’riflarda)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Ko‘chiriladigan qabul qilgichlarda bajarilgan o‘lchovlar natijasida bazaviy stansiyasi tomonidan aniqlanadigan differensial tuzatishlarni kiritishga asoslangan o‘lchashlar

Differensial tuzatishlar (o‘lchangan psevdouzoqlik qiymatlariga)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Kodlar va/yoki fazaviy o‘lchovlar bo‘yicha pseudo-uzoqlikning o‘lchangan qiymatlari va qabul qilgich hamda punktning ma’lum koordinatalari qiymatlari va sun’iy yo‘ldoshning bort efemeridlari bo‘yicha hisoblangan qabul qilgich va GNYT yo‘ldoshlari orasidagi masofa qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida belgilangan tuzatishlar

Doiraviy orbita (yo‘ldoshning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshning davriy orbitasi, bunda yo‘ldosh doimiy tezlikdagi birlamchi jism atrofida aylanadi, yo‘ldosh massasining markazi va birlamchi jism o‘rtasidagi masofa doimiy hisoblanadi

Efemerid

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Jadval yoki ayrim astronomik jismlarning, jumladan, sun’iy yo‘ldoshlarning holatini, ko‘rsatilgan vaqt oralig‘i mobaynida hisoblash imkonini beradigan boshqa usul

Effektiv mo‘ljalga olish zonasi (boshqariladigan yo‘ldosh nurining)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yer yuzasidagi zona, uning chegarasida boshqariladigan yo‘ldosh nurining mo‘ljalga olish nuqtasini joylashtirish ko‘zda tutiladi. Bitta boshqariladigan yo‘ldosh nuri yo‘naltiriladigan bir necha alohida effektiv mo‘ljalga olish zonalari bo‘lishi mumkin

Ekvatorial orbita (yo‘ldoshning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Tekisligi Yerning ekvatorial tekisligi bilan mos keladigan va og‘ishi nolga teng bo‘lgan doiraviy orbita

Ekzosentrik burchak

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Istalgan ikkita nuqtani fazodagi ma’lum nuqta bilan birlashtiradigan faraz qilinadigan to‘g‘ri chiziqlar hosil qiladigan burchak

Показаны 3341-3360 из 34437