Gibrid raqamli yo‘ldosh-yer usti tovushli radioeshittirish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bir hududda va bitta eltuvchi chastotalarda, yo‘ldoshli radioeshittirish xizmati va yer usti radioeshittirish xizmati texnik vositalaridan foydalanib, xizmat ko‘rsatishda tovushli eshittirish dasturlarini raqamli usullar bilan uzatish

Global nur

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Geostatsionar yo‘ldoshning Yer yuzasining butun ko‘rinadigan sirti qamrab olinishini ta’minlaydigan 17°×17° kenglikdagi antenna nuri

Geodezik yo‘ldoshli qabul qilgich

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshdan uzatiladigan geodeziya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan kodli-fazaviy axborotni qabul qilishni ta’minlaydigan qabul qilgich

Geodeziya punkti

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yerga (tuproqda, qurilish yoki boshqa sun’iy inshootda) maxsus tarzda biriktirilgan va geodeziya metodlari bilan aniqlangan koordinatalarning tashuvchisi hisoblangan nuqta

Geofazoviy axborot

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Turli xil faoliyat sohalarida foydalanish uchun zarur bo‘lgan Yer yuzidagi, Yer yuzi osti qatlami, Yer atmosferasining yer yuzasiga yaqin qatlami va yer atrofi fazosidagi joy va uning obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning jami

Geosinxron yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Aylanish davri Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng bo‘lgan Yer yo‘ldoshi

Geostatsionar orbita (yo‘ldoshning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan geosinxron yo‘ldosh orbitasi yoki geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasi. Orbitaning ekvatordan balandligi, yo‘ldoshning aylanish davri 23 h 56 min 4 s ga teng bo‘lgan holda, 35787 km

Geostatsionar yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

To‘g‘ri va doiraviy orbitasi Yer ekvatori tekisligida yotadigan, shu tariqa Yerga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan geosinxron yo‘ldosh. Keng ma’noda –Yerga nisbatan taxminan qo‘zg‘almas bo‘lib qoluvchi yo‘ldosh

Geostatsionar yo‘ldoshlar

orbitasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Barcha geostatsionar yo‘ldoshlarning yagona orbitasi

Geostatsionarga o‘tuvchi orbita

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshni ikki impulsli sxemada berilgan orbitaga chiqarish uchun joylashtiriladigan tayanch orbita. Tayanch orbitadan foydalanish eltuvchi raketaning energetik sarf-xarajatlarini belgilangan orbitaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarishdagiga nisbatan kamayti-rish imkonini beradi

Gibrid yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Turli axborotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan ikkita va undan ortiq retranslyatori bo‘lgan yoki chastotalarning turli diapazonlarida (masalan, С- va Ku- diapazonlar stvollariga ega bo‘lgan) ishlashni ta’minlaydigan yo‘ldosh

Gibrid yo‘ldoshli tarmoqlar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yanada ishonchli va keng polosali aloqani ta’minlash uchun yo‘ldoshli aloqani mobil va simli aloqa kabi boshqa texnologiyalar bilan birlashtiradigan tarmoqlar

Giperyo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yanada ko‘proq o‘tkazish qobiliyati va ma’lumotlar uzatish tezligi bilan aloqani ta’minlash imkoni bo‘lgan yo‘ldosh konsepsiyasi

Global yo‘ldoshli IoT tarmog‘i

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

IoT qurilmalari uchun global qamrovni ta’minlaydigan yo‘ldoshli aloqa tarmog‘i. U IoT qurilmalariga sun’iy yo‘ldosh signalidan foydalana olish imkoni bo‘lgan dunyoning istalgan nuqtasida ulanish va ma’lumotlar almashinish imkonini beradi

Globalstar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshli telefoniya va yuqori bo‘lmagan tezlikda ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan past orbitali yo‘ldoshlar turkumi

GNYT iste’molchisining joylashgan joyini aniqlash

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

GNYT iste’molchisining fazoviy koordinatalarini aniqlash

GNYT iste’molchisiga navigatsiya xizmatini ko‘rsatishdan voz kechish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

GNYT navigatsiya kosmik apparatining holati, bunda GNYT iste’molchisiga oldindan xabar berilmagan holda navigatsiya signalining kamida bitta xarakteristikasi belgilangan talablarga javob bermaydi

Показаны 3381-3400 из 34437