Kosmik kema

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Inson tomonidan yaratilgan, Yer atmosferasining asosiy qismidan tashqariga chiqarish uchun mo‘ljallangan harakatlanish vositasi

Kosmik kuzatish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Obyekt harakatlanishini kuzatish maqsadida, kosmosda joylashgan obyektning orbitasi tezligi va oniy holatini, birlamchi radarni istisno etganda, radioaniqlash vositasida aniqlash

Kosmik platforma

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Turli ko‘rinishdagi foydali yuklamalarni joylashtirish imkoniyati ta’minlanadigan universal kosmik apparat

Kosmik qabul qilish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Element bazasi va uskuna sifatining berilgan ko‘rsatkichlarga muvofiqligini tekshirish, bunda komponentlarning kosmos sharoitlarida uzoq ishlashi kafolatlanadi. O‘ta qat‘iy talablar ionlantiruvchi va elektromagnit nurlanishlar, past bosim va b.q. larning ta’siri bilan bog‘liq

Kosmik radioaloqa

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bitta yoki bir nechta kosmik stansiya yoki bitta yoki bir nechta qaytaruvchi yo‘ldosh yoki kosmosdagi boshqa obyektlardan foydalaniladigan har qanday radioaloqa

Kosmik radionurlanish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Radioto‘lqinlar diapazonida turli samo jismlari nurlantiradigan elektromagnit to‘lqinlar. Radionurla-nishning eng kuchli manbai bo‘lib, Yerga yaqinligi tufayli, Quyosh hisoblanadi

Kosmik segment

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yer stansiyalari bilan aloqani tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta kosmik apparatdan va orbitada joylashgan kosmik apparatlarni boshqarishni ta’minlovchi yer usti komanda-o‘lchash uskunalaridan tashkil topgan kompleks

Kosmik shovqin

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Quyoshda, yulduzlarda va boshqa yerdan tashqa-ridagi obyektlarda sodir bo‘ladigan elektromagnit jarayonlar natijasida paydo bo‘ladigan radioshovqin

Kosmik stansiya antennasining kuchaytirish konturi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yer yuzasi kartasida tasvirlangan, kosmik stansiyaning uzatuvchi yoki qabul qiluvchi antennalari bir xil kuchaytiradigan berk konturlar

Kosmik teleboshqaruv

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Kosmosdagi obyektda joylashgan uskunaning, shu jumladan, kosmik stansiyaning, ishlashini boshlash, o‘zgartirish yoki faoliyatini to‘xtatish uchun kosmik stansiyaga signallarni uzatish maqsadida foydalaniladigan radioaloqa

Kosmik telemetriya

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Kosmik kemada o‘tkazilgan o‘lchash natijalarini, shu jumladan, kosmik kema ishiga oid ma’lumotlarni kosmik stansiyadan uzatishda telemetriyadan foydalanish

Kosmik tizim

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Ma’lum maqsadlarda kosmik radioaloqadan foy-dalanuvchi, o‘zaro hamkorlik qiluvchi yer yoki kosmik stansiyalarining har qanday guruhi

Kosmik xalaqit

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Manbai Quyosh, yulduzlar va galaktikalarning nurlanishi bo‘lgan tabiiy xalaqit

Kosmik zond

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Kosmosda kuzatuvlar yoki o‘lchashlar olib borish uchun mo‘ljallangan kosmik kema

Kosmik ekspluatatsiya qilish  xizmati

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Faqat kosmik kemalardan ekspluatatsiya qilish uchun, xususan, kosmik kuzatuv, kosmik telemetriya va kosmik teleboshqaruv maqsadlari uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bu vazifalar, odatda, kosmik stansiya ishlayotgan xizmat doirasida ta’minlanadi

Ku diapazoni

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Asosan yo‘ldoshli aloqada foylaniladigan 12 dan 18 GHz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni

Kubsat

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Tomonlari taxminan 10 cm kub shaklida bo‘lgan va nanoyo‘ldoshlarni ishlab chiqish uchun standart modul bo‘lgan yo‘ldosh.

Izoh – Ko‘pincha ilmiy tadqiqotlar yoki tijorat maqsadlarida foydalaniladigan katta bo‘lmagan va arzon sun’iy yo‘ldosh

Kuzatish strategiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Dinamik aloqa tizimida uzatishni qachon amalga oshirishni aniqlashda va shuningdek, guruhdagi stansiyalardan qaysi biriga uzatishni amalga oshirishni aniqlashda ishlatiladigan aloqa konfiguratsiyasidagi shartlar

Kuzatuvshi nur

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldosh harakatlanayotganda yerning ma’lum qismlarini ko‘rsatuvchi boshqariladigan yo‘ldosh nuri

Показаны 3481-3500 из 34437