Qabul qilgich (sun’iy yo‘ldoshning) kanali

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bitta GNYT yo‘ldoshining bitta chastota signalini qabul qilishni ta’minlaydigan yo‘ldoshli qabul qilgichning qabul qiluvchi elektron traktining bir qismi

Quvvat oqimining yuqori zichligi (yo‘ldoshli radioeshittirish

xizmatida)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshli eshittirish kosmik stansiya tomonidan nurlanadigan signallarni qabul qilish birlamchi darajasiga ega bo‘lgan oddiy qabul qiluvchi qurilmalar yordamida qabul qilish imkonini beradigan quvvat oqimining zichligi

Qabul qiluvchi yer stansiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bitta yoki bir nechta kosmik stansiyalardan signallar qabul qilinishini ta’minlaydigan yer stansiyasi

Qabul qiluvchi-uzatuvchi yer stansiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Qabul qiluvchi va uzatuvchi yer stansiyalarining funksiyalari o‘zida birlashtirgan yer stansiyasi

Qayta yo‘naltiriladigan yo‘ldoshli nur

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yo‘ldosh antennasining nuri

Qaytaruvchi yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Radioaloqa signallarini qaytarishga mo‘ljallangan yo‘ldosh

Qirg‘oq yer stansiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Dengiz ko‘chma yo‘ldoshli xizmatiga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi aniq turg‘un punktda joylashgan, turg‘un yo‘ldoshli xizmatning, yoki ba’zi hollarda, dengiz ko‘chma yo‘ldoshli xizmatining yer stansiyasi

Qishloq xo‘jaligi uchun yo‘ldoshli aloqa

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Hosillarning samaradorligini oshirish va yaxshilash uchun ekinlar, hosil va qishloq xo‘jaligining boshqa jihatlarini kuzatish uchun sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanish

Qiya uzoqlik

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Antennadan sun’iy yo‘ldoshga o‘tkazilgan chiziqning uzunligi

Qo‘shni yo‘ldoshdan bo‘ladigan xalaqit 

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bitta orbitada joylashgan yoki yonma-yon joylashgan orbitadagi yo‘ldosh signallari nurlani-shidan yuzaga keladigan xalaqit

Qoplash zonasi  (kosmik stansiyaning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Belgilangan xizmatning kosmik stansiyasi bilan bog‘langan va muayyan chastotaga ega zona bo‘lib, uning chegaralarida muayyan texnik sharoitlarda bitta yoki bir nechta Yer stansiyasi bilan, signallar qabul qilish yoki uzatish, yoki unisini ham, bunisini ham amalga oshirish uchun radioaloqa o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar

1 Bir nechta qoplash zonasi har doim bir stansiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan bir nechta antenna nurlariga ega bo‘lgan yo‘ldoshda.

2 Texnik shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ham uzatish stansiyalarida, ham qabul qilish stansiyalarida qo‘llaniladigan uskuna xarakteristikalarini; uni o‘rnatishning o‘ziga xos xususiyatlarini; talab etiladigan uzatish sifatini, masalan, himoya nisbatlari va ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlarini.

3 Quyidagi zonalarni farqlash mumkin: xalaqitlar bo‘lmagandagi qoplash zonasi, ya’ni faqat tabiiy yoki sanoat shovqini bilan chegaralangan zona; nominal qoplash zonasi: u mo‘ljallangan uzatkichlarni hisobga olish orqali chastotaviy rejani ishlab chiqishda aniqlanadi; haqiqiy qoplash zonasi, ya’ni amalda mavjud bo‘lgan shovqin va xalaqitlar hisobga olingan qoplash zonasi.

4 “Qoplash zonasi” tushunchasi geostatsionar bo‘lmagan yo‘ldosh bortidagi kosmik stansiyaga nisbatan bevosita qo‘llanilishi mumkin emas, buning uchun qo‘shimcha tekshirish talab etiladi.

5 “Xizmat ko‘rsatish zonasi” atamasi “qoplash zonasi” atamasi kabi texnik asosga ega bo‘lishi, shu bilan birga ma’muriy jihatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak

Quruqlikdagi ko‘chma yer stansiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Mamlakat yoki qit’aning geografik chegaralari doirasida harakatlana oladigan, quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatning ko‘chma yer stansiyasi

Quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmat

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Ko‘chma yer stansiyalari quruqlikda joylashgan ko‘chma yo‘ldoshli xizmat

Quruqlikdagi yer stansiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Ko‘chma yo‘ldoshli xizmat uchun fiderli liniyani ta’minlash maqsadida, quruqlikda turg‘un yoki muayyan zona chegarasida joylashgan turg‘un yo‘ldoshli xizmat yoki ba’zi hollarda ko‘chma yo‘ldoshli xizmat yer stansiyasi

Quvvat oqimining o‘rtacha zichligi (yo‘ldoshli radioeshittirish

xizmatida)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshli eshittirish kosmik stansiyalari tomonidan nurlanadigan signallarni qabul qilish sifati o‘rtacha bo‘lgan oddiy qabul qiluvchi qurilmalar yoki qabul qilish sifatining asosiy darajasiga ega bo‘lgan yanada sezgir qabul qiluvchi qurilmalar tomonidan qabul qilish imkonini beradigan quvvat oqimining zichligi

Quvvatning spektral zichligi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Сhastota funktsiyasi sifatida (spektral) сhastotaning birligi (zichligi) uchun quvvat miqdori. Quvvat spektral zichligining funktsiyasi – bu gorizontal o‘qdagi chastota va vertikal o‘qdagi zichlik sifatida ifodalangan chastotaning haqiqiy uzluksiz funktsiyasi, bu yerda signal o‘zi bilan solishtiriladi

Показаны 3561-3580 из 34437