Shaffof retranslyator

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Гуруҳ сигналини оралиқ частотада демодуляциясиз ўзгартирилишини ва космик аппарат бортида сигналларга ишлов беришни амалга оширадиган йўлдош ретранслятори

Signal kodi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Fuqarolik iste’molchilari foydalana olishi mumkin bo‘lgan navigatsiya yo‘ldoshli tizimi signalining kodi

Signalning kechikishi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Signalni yo‘ldoshdan yerdagi stansiyaga uzatish va orqaga qaytarish uchun zarur bo‘lgan vaqt, bunga ular orasidagi masofa sabab bo‘ladi

Sinxron yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

O‘rtacha siderik aylanish davri asosiy jismning o‘z o‘qi atrofida siderik aylanish davriga teng bo‘lgan yo‘ldosh; kengroq ma’noda - o‘rtacha siderik aylanish davri asosiy jismning siderik aylanish davriga taxminan teng bo‘lgan yo‘ldosh

Sinxron orbita

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Sun’iy yo‘ldoshning aylanish davri markaziy jismning o‘qi bo‘ylab aylanish davriga teng bo‘lgan orbita

Sinxronlangan yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Anomalistik yoki uzel davri boshqa yo‘ldosh yoki sayyoraning o‘xshash davriga yoki qandaydir ma’lum bir hodisa davriga teng bo‘ladigan tarzda boshqariladigan ma’lum vaqt onlarida o‘z orbitasining xarakterli nuqtasidan o‘tuvchi yo‘ldosh

Standart chastotalar va vaqt signallari yo‘ldoshli xizmati

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yer yo‘ldoshlarida o‘rnatilgan kosmik stansiya-laridan standart chastotalar hamda vaqt signallari xizmatida bo‘lgani kabi maqsadlarda foydalani-ladigan radioaloqa xizmati. Bu xizmat, o‘zining ishlashi uchun zarur bo‘lgan fiderli liniyalarni ham ichiga olishi mumkin

Statik rejim (joylashgan joyni aniqlash)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Kamida ikkita harakatsiz qabul qilgichdan foydalanilganda missiyada o‘rnatiladigan differensial yoki nisbiy sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlarini bajarish tartibi.

Izoh – Kuzatuv seansining odatiy davomiyligi taxminan bir soat yoki undan ko‘proq vaqtni tashkil qiladi. Statik rejimga tezkor statika rejimi va reokupatsiya rejimi ham kiradi.

Statsionar yo‘ldosh

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Asosiy jism sirtiga nisbatan harakatsiz bo‘lgan yo‘ldosh; kengroq ma’noda – asosiy jism yuzasiga nisbatan taxminan harakatsiz bo‘lgan yo‘ldosh.

Izoh – Statsionar yo‘ldosh – bu ekvatorial, doiraviy va to‘g‘ri orbitaga ega bo‘lgan sinxron yo‘ldoshdir

Subguruhlash

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Orbital guruhning boshqa kosmik apparatlardan orbita parametrlari (balandligi yoki og‘ishi) bilan farq qiluvchi qismi. Tizimning kosmik segmenti orbitada turli balandlikda joylashgan va orbita tekisligining qiyaligi boshqacha bo‘lgan bir necha guruhni o‘z ichiga olishi mumkin

To‘g‘ri orbita (yo‘ldoshning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Asosiy tayanch tekislikka yo‘ldosh massasining markaz proyeksiyasi birlamchi jismning o‘qi atrofida birlamchi jism aylanadigan yo‘nalishda aylanadigan yo‘ldosh orbitasi

To‘g‘ridan-to‘g‘ri retranslyatsiya qilish

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Signalni uzatish tizimi, bunda Yerdan bo‘lgan signal yo‘ldoshga uzatiladi, keyin ushbu signal yo‘ldoshda minimal ishlov berish bilan yerga qaytariladi

Talab bo‘yicha chastotalar

polosasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldosh retranslyatoridan abonent erkin foydalanishini tashkil qilish usuli, bunda chastotalar polosasining talab qilingan kengligiga ega bo‘lgan kanal foydalanuvchiga biriktirilmaydi, faqat so‘rov bo‘yicha taqdim etiladi

Tashiladigan yo‘ldoshli stansiyalar

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Avtomobil va boshqa transport vositalariga o‘rnatiladigan va to‘xtash joylaridan ishlash uchun mo‘ljallangan mobil yo‘ldoshli aloqa stansiyalari

Tayanch stansiya

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Differensial tuzatishlarni aniqlash va Dengiz xizmatlari bo‘yicha radiotexnika komissiyasi formatida tuzatuvchi axborotni shakllantirish uchun mo‘ljallangan nazorat-tuzatish stansiyasining tarkibiga kiradigan radiotexnika vositasi

Tayanch yer stansiyasi

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatga fiderli liniyani ta’minlash uchun, quruqlikdagi ma’lum zona chegarasida yoki ma’lum punktda joylashgan turg‘un yo‘ldoshli xizmatning yoki ba’zi hollarda, quruqlikdagi ko‘chma yo‘ldoshli xizmatning Yer stansiyasi

Teleport

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshli va yer usti aloqa tizimlari o‘rtasida interfeysni ta’minlovchi yirik yer stansiyasi

Tez statik rejim

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Statik rejim varianti, bunda qulay sharoitlarda va aniqlik talablarining biroz pasayishi bilan seans vaqti 5 min dan 20 min gacha tanlanadi.

Izoh – Ushbu rejimdan qisqa chiziqlarni o‘lchash uchun ham foydalaniladi

Tezlik vektori

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Yo‘ldoshli qabul qilgichning har bir koordinata o‘qi bo‘ylab harakatlanish tezligining qiymatlari

Показаны 3601-3620 из 34437