elektromagnit maydon energiyasi zichligi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Qandaydir hajmdagi elektromagnit maydon energiyasining shu hajmga bo‘lgan nisbatiga teng fizik kattalik.

elektromagnit moslashuv xarakteristikasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Texnik vositaning berilgan elektromagnit vaziyatda ishlash imkoniyatini va/yoki uning boshqa texnik vositalarga ta’siri darajasini ko‘rsatadigan xarakte-ristikasi. Izoh – Elektromagnit moslashuv xarakteristikasi xalaqit man-bai kabi, retseptor kabi va/yoki texnik vositaning elektro-magnit moslashuviga ta’sir ko‘rsatadigan atrof-muhit vositasi sifatida texnik vositaning xususiyatlarini aks ettirishi mumkin.

elektromagnit to‘lqinning qutblanishi

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektromagnit to‘lqinning elektr maydon vektori bo‘yicha yo‘nalishga ega bo‘lish xossasi.

elektromagnit vaziyat

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Berilgan fazo sohasidagi, chastotalar polosasi hamda vaqt intervalidagi elektromagnit maydonlar va tebranishlar jami.

elektromagnit xalaqitlar

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

1. Texnik vositaning ish sifatini pasaytiradigan yoki pasaytirishi mumkin bo‘lgan elektromagnit hodisa-lar, jarayonlar. 2. Signalni uzatish yoki qabul qilishda, elektr, elek-tromagnit va magnit maydonlar ta’sirida vujudga keladigan xalaqitlar.

elektrometrik lampa

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘zgarmas tokni kuchaytirish va o‘lchash uchun mo‘ljallangan qabul qiluvchi-kuchaytiruvchi lampa, odatda triod yoki tetrod.

elektrometrik tiratron

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Yuqori kirish qarshiligiga ega, tekis o‘zgara-digan darajalarni bevosita nazorat qilish orqali signal qurilmalarini qurish o‘lchov o‘zgartirgichi bilan moslashtirish va kichik toklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan, miltillama razryad tirat-roni.

elektromexanik tizim

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Elektr (elektron) hamda mexanik komponentlarni o‘z ichiga oladigan, shuningdek, (ayniqsa, agar avtomatlashtirish tizimi bo‘lsa) tegishli dasturiy ta’minotga ega tizim.

elektron arxiv

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Normativ-huquqiy hujjat bilan belgilangan tartibda saqlanishi zarur bo‘lgan elektron xabarlarning ham ro‘yxatini, ham mazmunini ichiga oladigan elektron xabarlar reyestri.

elektron asbob

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

O‘tkazuvchanlik vakuumda, gazda yoki yarim-o‘tkazgichda harakatlanadigan elektronlar yoki ionlar vositasida amalga oshiriladigan asbob.

elektron bildirish

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Axborot tizimi vositasida jismoniy yoki yuridik shaxsni davlat organi yoki boshqa tashkilotning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan hara-katlarini tasdiqlash to‘g‘risida xabardor qilish.

elektron biznes

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Biznes-jarayonlar, biznes axborotni almashish va tijorat tranzaksiyalari axborot tizimlari yordamida avtomatlashtiriladigan biznes-model. Yechimlarning aksariyat qismidan ma’lumotlar uzatish va Web-servislarni taqdim etish uchun Internet texnologiyalardan foydalaniladi. Elektron biznes korxonaning tijorat ishini avtomatlashtiradigan ko‘plab axborot tizimlari klassi uchun umumiy tushunchadir.

elektron dasta

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Fazoda cheklangan sohani egallaydigan, tartibli harakatlanadigan erkin elektronlar jami. Elek-tronlarning alohida trayektoriyalari yoki chetki elektronlarning fazodagi konturi  holati orqali tavsiflanadi. Elektron dasta elektron-optik tizim yordamida shakllanadi.

elektron dastani shakllantirish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektr va magnit maydonlar yordamida elektron dastaning zarur shaklga keltirilishi.

elektron davlat xizmati

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘lla-nilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.

elektron davlat xizmati ko‘rsatish natijasi

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Talabnoma beruvchilar huquqlari, erkinliklari va qo-nuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumla-dan, ularga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi. Davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmati ko‘rsatish reglamentiga muvofiq tegishli ishlarni amalga oshirishda ifodalanadi.

elektron demokratiya

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishdan tortib xalqaro darajagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda jamoaviy fikrlash (kraudsorsing) va ma’muriy jarayonlar (xabardor qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish – elektron ovoz berish, qarorlar bajarilishini nazorat qilish) uchun asosiy vosita sifatida axborot-kom-munikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan tavsiflanadigan demokratiya shakli.

elektron dog‘

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektron nurning ekran tekisligidagi yoki elek-tron-nurli asbob nishonidagi kesimi.

Показаны 621-640 из 34034