qo‘sh elektr qatlam

қўш электр қатлам

Словарь по нанотехнологии Словарь по нанотехнологии

Fazoviy ajratilgan qarama-qarshi belgili elektr zaryadlardan iborat ikki faza chegarasida hosil bo‘ladigan yupqa qatlam. Zaryadlarning fazoviy ajratilishida har doim elektr potensiallar farqi yuzaga keladi. Shu sababli, qo‘sh elektr qatlam elektrodli jarayonlar tezligiga, adsorbsiyaga, dis-pers tizimlar barqarorligiga, ho‘llanuvchanlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ionlarning o‘lchamlari hisobga olinadigan zamonaviy qo‘sh qatlam nazariyasiga ko‘ra, tashqi qoplamani ikki qatlamga: sirtga taqаb yaqinlashtirilgan ionlarning adsorbsion qatlamiga (Shtern-Gelmgols qatlami) va diffuz qatlamga (Gui-Chepmen qatlami) ajratiladi.

 

Фазовий ажратилган қарама-қарши белгили электр зарядлардан иборат икки фаза чегарасида ҳосил бўладиган юпқа қатлам. Зарядларнинг фазовий ажратилишида ҳар доим электр потенциаллар фарқи юзага келади. Шу сабабли, қўш электр қатлам электродли жараёнлар тезлигига, адсорбцияга, дисперс тизимлар барқарорлигига, ҳўлланувчанликка жиддий таъсир кўрсатади. Ионларнинг ўлчамлари ҳисобга олинадиган замонавий қўш қатлам назариясига кўра, ташқи қопламани икки қатламга: сиртга тақаб яқинлаштирилган ионларнинг адсорбцион қатламига (Штерн-Гельмгольц қатлами) ва диффуз қат-ламга (Гуи-Чепмен қатлами) ажратилади

qo‘shni kanal

(қўшни канал)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Ishchi kanal yonida joylashgan va chastota bo‘yicha undan chastotalar to‘ri qadamiga teng bo‘lgan kattalikda (masalan, 25 kHz) orqada qoladigan kanal.

(Ишчи канал ёнида жойлашган ва частота бўйича ундан частоталар тўри қадамига тенг бўлган катталикда (масалан, 25 kHz) орқада қоладиган канал.)

qo‘shni yo‘ldoshdan bo‘ladigan xalaqit

(қўшни йўлдошдан бўладиган халақит)

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Bitta orbitada joylashgan yoki yonma-yon joylashgan orbitadagi yo‘ldosh signallari nurlanishidan yuzaga keladigan xalaqit.

(Битта орбитада жойлашган ёки ёнма-ён жойлашган орбитадаги йўлдош сигналлари нурланишидан юзага келадиган халақит.)

qo‘shni yo‘ldoshdan bo‘ladigan xalaqit

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Bitta orbitada joylashgan yoki yonmayon joylashgan orbitadagi yo‘ldosh signallari nurlanishidan yuzaga keladigan xalaqit

qo‘yilganlik

       қўйилганлик 

толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям

O‘xshash yoki boshqa bir konstruktsiyaga kirish yuz beradigan algoritm, dastur, komanda strukturasi. Masalan, sikldagi sikl, shartli operatordagi shartli operator.

 

Ўхшаш ёки бошқа бир конструкцияга кириш юз берадиган алгоритм, дастур, команда структу-раси. Масалан, циклдаги цикл, шартли оператордаги шартли оператор.

qo‘zg‘atkich ( қўзғаткич )

Толковый словарь по радиочастотному спектру Русско-узбекский толковый словарь терминов по радиочастотному спектру, радиоэлектронным средствам и электромагнитной совместимости

Modulyator va chastotalarning ishchi to‘rini shakllantiruvchi chastotalar sintezatorini o‘z ichiga oluvchi qurilma. Qo‘zg‘atkich tarkibiga signalni ol-dindan kuchaytirish qurilmasi kirishi mumkin. (Модулятор ва частоталарнинг ишчи тўрини шакллантирувчи частоталар синтезаторини ўз ичига олувчи қурилма. Қўзғаткич таркибига сигнални олдиндан кучайтириш қурилмаси кириши мумкин.)

qobiq

       қобиқ

толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям

Asosiy dastur bilan ishlashni soddalashtiradigan dastur (dasturlar kompleksi). Qobiqlardan dasturlash muhitini yaratish uchun keng foydalaniladi. Masalan, Borland firmasi Paskal, Si, Prolog tillari bilan ishlash uchun qobiq ishlab chiqdi va uni dasturlash tili tarkibiga kiritdi, bu dasturlash jarayonini ancha soddalashtiradi. Qobiqlarga ehtiyoj bo‘lmaydigan tizimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan tendensiya bor. Ba’zida o‘rab turgan muhit nomidan foydalaniladi.

 

Асосий дастур билан ишлашни соддалаштирадиган дастур (дастурлар комплекси). Қобиқлардан дастурлаш муҳитини яратиш учун кенг фойдаланилади. Масалан, Borland фирмаси Paskal, Си, Prolog тиллари билан ишлаш учун қобиқ ишлаб чиқди ва уни дастурлаш тили таркибига киритди, бу дастурлаш жараёнини анча соддалаштиради. Қобиқларга эҳтиёж бўлмайдиган тизимларни ишлаб чиқишга йўналтирилган тенденция бор. Баъзида ўраб турган муҳит номидан фойдаланилади.

qoplash zonasi (kosmik stansiyaning)

Словарь терминов по спутниковой связи Русско-узбекский толковый словарь терминов по спутниковой связи

Belgilangan xizmatning kosmik stansiyasi bilan bog‘langan va muayyan chastotaga ega zona bo‘lib, uning chegaralarida muayyan texnik sharoitlarda bitta yoki bir nechta Yer stansiyasi bilan, signallar qabul qilish yoki uzatish, yoki unisini ham, bunisini ham amalga oshirish uchun radioaloqa o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi. Izohlar 1 Bir nechta qoplash zonasi har doim bir stansiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan bir nechta antenna nurlariga ega bo‘lgan yo‘ldoshda. 2 Texnik shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ham uzatish stansiyalarida, ham qabul qilish stansiyalarida qo‘llaniladigan uskuna xarakteristikalarini; uni o‘rnatishning o‘ziga xos xususiyatlarini; talab etiladigan uzatish sifatini, masalan, himoya nisbatlari va ekspluatatsiya qilish shartsharoitlarini. 3 Quyidagi zonalarni farqlash mumkin: xalaqitlar bo‘lmagandagi qoplash zonasi, ya’ni faqat tabiiy yoki sanoat shovqini bilan chegaralangan zona; nominal qoplash zonasi: u mo‘ljallangan uzatkichlarni hisobga olish orqali chastotaviy rejani ishlab chiqishda aniqlanadi; haqiqiy qoplash zonasi, ya’ni amalda mavjud bo‘lgan shovqin va xalaqitlar hisobga olingan qoplash zonasi. 4 «Qoplash zonasi» tushunchasi geostatsionar bo‘lmagan yo‘ldosh bortidagi kosmik stansiyaga nisbatan bevosita qo‘llanilishi mumkin emas, buning uchun qo‘shimcha tekshirish talab etiladi. 5 «Xizmat ko‘rsatish zonasi» atamasi «qoplash zonasi» atamasi kabi texnik asosga ega bo‘lishi, shu bilan birga ma’muriy jihatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak

qotib qolish»

      «қотиб қолиш»

толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям

Dasturiy ta’minotning noto‘g‘ri ishlashi operatorning noto‘g‘ri harakatlari yoki texnik vositalarning ishlamay qolishi tufayli yuzaga keladigan kompyuterning holati. Bunda kompyuter ishning keyingi qadamini bajarmaydi va standart uzilishlarga javob bermaydi. Turli darajadagi «qotib qolishlar» ajratiladi. Dastur «qotib qolganda», odatda, bir vaqtda Ctrl va Break klavishalari bosiladi; operatsion tizim «qotib qolganda», «qaynoq» start (ishga tushirish) bajariladi; klaviatura o‘chib qolganda, Reset klavishasi bosiladi, agar bu klavisha bo‘lsa, yoki kompyuter o‘chirib-yoqiladi.

 

Дастурий таъминотнинг нотўғри ишлаши операторнинг нотўғри ҳаракатлари ёки техник воситаларнинг ишламай қолиши туфайли юзага келадиган компьютернинг ҳолати. Бунда компьютер ишнинг кейинги қадамини бажармайди ва стандарт узилишларга жавоб бермайди. Турли даражадаги «қотиб қолишлар» ажратилади. Дастур «қотиб қолганда», одатда, бир вақтда Ctrl ва Break клавишалари босилади; операцион тизим «қотб қолганда», «қайноқ» старт (ишга тушириш) бажарилади; клавиатура ўчиб қолганда, Reset клавишаси босилади, агар бу клавиша бўлса, ёки компьютер ўчириб-ёқилади.

quad flat package (QFP)

толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям толковый словарь терминов по современным компьютерным технологиям

quad flat package (QFP)

Показаны 8221-8240 из 34034