kriptografiya

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

Axborot mazmunini undan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishdan muhofaza qilish, uni buzib ko‘rsatish imkoniyatining oldini olish maqsadida axborotni o‘zgartirish prinsiplari, vositalari va usullarini o‘rga-nadigan ilmiy fan (bilimlar sohasi).

kriptotahlil

Толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство» Русско-узбекский толковый словарь терминов в системе «Электронное правительство»

1 Shifr yoki har qanday boshqa shakldagi kripto-grafiya ob’ektini ochish san’ati va fani. 2 Kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifr-langan matn bo‘yicha kalitni hisoblash jarayoni.

kross-modulyatsiya

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Boshqa xalaqit beradigan signal bilan modulyat-siyalash yoki foydali signal uzatiladigan eltuvchi chastota xalaqiti natijasida paydo bo‘ladigan inter-modulyatsion buzilishlar.

kross-qutblanish

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayonida kutilayot-gan qutblanishga ortogonal bo‘lgan tashkil etuvchi qutblanishning paydo bo‘lishi.

kuch boshqariladigan kalit drayveri

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Boshqariladigan kalit (ventil)ning boshqariladigan elektrodi (baza, zatvor)ga uzatiladigan va uning ulanishini (uzib qo‘yilishini) ta’minlaydigan signalni shakllantiradigan sxema.

kuch datchigi, katta kuchlanish (taktil) datchigi

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

Tenzometrdan iborat bo‘lgan va kuchlarni hamda aylanadigan paytlarni (robot va uning qo‘l panjasi, qo‘li, bilagi uchun) o‘lchash va bu axborotni robotni va uning bajaruvchi organini boshqarish maqsadida yuqori kuchlanishli teskari aloqani ta’minlash uchun robotning kontrolleriga elektr signallar ko‘rinishida uzatish uchun qo‘llaniladigan datchik.

kuch integral sxema

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Kalit rejimida ishlaydigan kuch yarimo‘tkaz-gichli asboblarni ichiga oladigan integral sxema. Izoh  Gibrid va monolit kuch integral sxemalar farqlanadi.

kuch yarimo‘tkazgichli modul

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Kuch yarimo‘tkazgichli asboblardan iborat ven-tilli modul.

kuchaytirgich-korrektor

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Standart ko‘rinishga keltirish maqsadida, tovush chastotasi elektr signallarini kuchaytirish va tovush chastotasi signali manbaining amplituda va faza-chastota xarakteristikalarini tuzatish uchun mo‘ljallangan maishiy radioelektron apparat.

kuchlanish bilan

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Elektron oqimning cheklangan zichlik rejimida ishlaydigan, o‘ta yuklangan tebranish tizimiga ega magnetron, natijada anod kuchlanishi o‘zgarganda generatsiyalanayotgan tebranish-lar chastotasini elektron qayta sozlashning keng dia-pazoniga erishiladi.

kuchli tinishlar

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Signalning anchagina susayishi bilan davom etadigan chuqur tinishlar, bunda ishonchli signallarning barqaror qabul qilinishi qiyinlashadi.

kuzatish

 Толковый словарь терминов по робототехнике Русско-узбекский толковый словарь терминов по робототехнике

O‘rganilayotgan obyekt o‘zgarishlarini maqsadli yo‘naltirilgan va tashkiliy idrok qilish va qayd qilishdan iborat tadqiqiot usuli.

kuzatish nuqtasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Kuzatish hududiga taalluqli koordinatalari ma’lum bo‘lgan har qanday nuqta.

kvadrafonik yozish

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Hajmi, yozish paytida tovush manbalari joylash-gan xona hajmidan ancha kichik bo‘lgan xonalarda ovozni qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan, to‘rt kanalli stereofonik yozish.

kvadrokopter

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

1 Multikopter tuzilishining keng tarqalgan sxemasi. To‘rtta qattiq mustahkamlangan (belgilangan) rotorlar harakatni tashkil qilishning oddiy sxemasi imkoniyatini beradi. 2 Bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishlarda juft bo‘lib aylanadigan to‘rtta eltuvchi vintlari bo‘lgan uchuv-chisiz boshqariladigan havo kemasi.

kvadrokopter giroskopi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Asosiy vazifasi, uchish apparatining havodagi barqa-rorligi va holatini ta’minlash va nazorat qilish hisob-lanadigan datchik.

kvadrokopter kompasi

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Dronning geolokatsion funksiyalarini sozlashga im-kon beradigan kvadrokopter elementlaridan biri.

kvadrokopter kontrolleri

Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике Толковый словарь специальных терминов по беспилотной авиационной технике

Asosiy maqsadi (uchish apparatining tekis harakat-lanishi kvadrokopter kontrollerining sozligiga bog‘-liq) parvozda kvadrokopterning harakatlarini boshqa-ruvchi qurilma.

kvant asboblar shovqinlari

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Turli kvant tizimlar va kvant asboblarda paydo bo‘ladigan fluktuatsiyalar. Izoh Issiqlik va kvant sochma shovqin farqlanadi.

kvant chastota standarti

Электрон техника ва радиоэлектроника Русско-узбекский толковый словарь терминов по электронной технике и радиоэлектронике

Atomlar, molekulalar, ionlarning muayyan kvant o‘tish chastotasiga teng bo‘lgan juda barqaror chastotali o‘ta yuqori chastotali tebranishlarni olish uchun mo‘ljallangan qurilma.

Показаны 1161-1180 из 34034